
"Sevilya" Munirni sotmoqchi
“Sevilya” hujumchisi Munir el-Xaddadi joriy yozgi transferlar davrida jamoani tark etadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, andalusiyaliklar 25 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini 9 mln evroga baholashmoqda. “Sevilya” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Munirni yangi mavsum rejalariga kiritmayapti. Shu sababli klub rahbariyati uni sotish masalasida ish olib bormoqda.
“Barselona” tarbiyalanuvchisiga “Xetafe” va “Alaves” asosiy xaridor hisoblansada, “Sevilya” rahbariyati Munirni La Ligada ishtirok etmaydigan klubga sotishni xohlamoqda. El-Xaddadiga shuningdek, Turkiya va Angliya klublaridan ham qiziqishlar bor.
Munir o‘tgan mavsum La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar