"Sevilya" o‘z maydonida "Valensiya"ni ishonchli hisobda engdi
Biroz oldin La Liga 6-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Valensiya" bahsi o‘z yakuniga etdi.
Keskin kurashlarga boy o‘tgan uchrashuv "andalusiyaliklar"ning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan barham topdi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Gomez, Lato hamda Rafa Mirlar mualliflik qildi.
"Ko‘rshapalaklar"ning yagona goli esa Duro hisobiga yozildi.
Shu tariqa "Sevilya" o‘z ochkolarini 14 taga etkazib olgan bo‘lsa, "Valensiya"ning ochkolari 10 taligicha qoladigan bo‘ldi.
Fikrlar