
"Sevilya" Rakitichning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi (FOTO)
“Sevilya” bugun “Barselona”dan kelib qo‘shilgan Ivan Rakitichning rasmiy tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.
“Men g‘olib jamoaga keldim. Mendan yuqori darajada o‘yin kutishingiz mumkin. Men chempion jamoada o‘ynash qanday ekanligini bilaman. Keyingi qadam - La Liga va Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli ishtirok etish. Mavsum boshlanishini orziqib kutyapman. Yorqin tarixni yana uzoq yillar davom ettirish uchun yana qaytib keldim”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Rakitich 2014 yil “Barselona”ga aynan “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar