
"Sevinch" tog‘li maskanda 2-davraga hozirlik ko‘rmoqda
«Sevinch» jamoasi ayni kunlarda ikkinchi davraga tayyorgarliklarni davom ettirmoqda. Tayyorgarliklar Shahrisabz tumanining tog‘li maskani – Miraki qo‘rg‘onida olib borilmoqda.
Miraki qo‘rg‘onidagi tayyorgarliklar jarayoni 30 iyulgacha davom etadi. «Sevinch» tarkibida to‘p surgan himoyachi Shohida Tojiddinova ikkinchi davradan ijara asosida «Sho‘rtan Lady» jamoasida faoliyatini davom ettiradi.
«Andijanka» jamoasida to‘p surgan Gulhayyo Mannaboeva esa «Sevinch»ga kelib qo‘shildi. Hozirgi paytda murabbiylar bu futbolchini ko‘rikdan o‘tkazishmoqda. Agar bu futbolchi murabbiylarimizga ma’qul kelsa, ikkinchi davradan u qarshiliklar safida to‘p tepishi mumkin.
Fikrlar