Shahboz Umarov rasmаn Qozog‘iston klubigа o‘tdi
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Shahboz Umarov Qozog‘istonning Ko‘kshetau shahrida joylashgan "Okzhetpes" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida Sports.kz klub matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
"Okzhetpes" yarim himoyachi Shahboz Umarov bilan shartnoma imzolangani ma’lum qiladi.
27 yoshli futbolchi katta xalqaro tajribaga ega. Shoxboz Jahon chempionati — 2026 saralashi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, 2023 yildgi Osiyo kubogi chorak finali ishtirokchisi hisoblanadi.
Futbolchi o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘iston klublarida to‘p surgan. U AGMK, „Energetika-BGU“, BATÉ, „Ordabasy“, „Turan“ va „Tobol“ jamoalari sharafini himoya qilgan. 2022 va 2025 yillarda Qozog‘iston kubogi sohibi, 2023 yilda esa Qozog‘iston chempioni bo‘lgan. Shuningdek, Chempionlar ligasi musobaqasida ham maydonga tushgan", — deya qayd etilgan Ko‘kshetau klubining instagram sahifasida.
Shahboz Umarovning so‘nggi klubi Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi edi. U joriy yil yanvar oyida "Tobol" tarkibidan ushbu klubga o‘tgan. O‘tgan mavsumda "Tobol" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va bir golli pas berdi. "Bunyodkor" tarkibida esa 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 ming yevroga baholangan.

Fikrlar