Shahram G‘iyosov Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi (video)
Professional boksning super engil vazn toifasida (-63,5 kg) WBA International kamari sohibi hamyurtimiz Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) o‘zining keyingi jangiga mashg‘ulotlarni boshlash uchun okean ortiga jo‘nab ketdi. Bu haqida sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. Jang sanasi va raqib hali noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, G‘iyosov 3 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘z kamarini Patrisio Lopes Morenodan himoya qilib, raqibini muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.
98563727_2850180778529730_1520714485437982696_n_mp4_efg=eyJ2_com

Fikrlar