
Shahram G‘iyosovga tegishli bo‘lgan WBA International kamari vakant qilindi. Bu titul uchun kimlar jang qilishi ham ma’lum (foto)
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) WBA International mintaqaviy chempionlik kamari hamyurtimiz Shahram G‘iyosovga tegishli edi. WBA tashkiloti sayti orqali ma’lum bo‘lishicha, ushbu kamar vakant qilindi. Endi bu titul uchun ispaniyalik Sandor Martin (39-2, 13KO) va meksikalik Xose Feliks (30-1-1, 24KO) o‘zaro jang o‘tkazadi. Ushbu to‘qnashuv 1 aprel kuni Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov WBA International kamariga 2019 yilda Emmanuel Teylorni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etib ega chiqqan edi.
Fikrlar