Shahram G‘iyosovning murabbiyi Amerika Qo‘shma Shtatlariga etib bordi (foto)

  • 5 may, 2022, 11:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Toshkent vaqti bilan 8 may tongida Amerika Qo‘shma Shtatlari Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtlarimiz Shahram G‘iyosov va Elnur Abduraimov ham o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Ushbu bahslarda bokschilarimizni bevosita qo‘llab quvvatlash uchun ularning havaskor boksdagi murabbiylari ham okean ortida bo‘lib turibdi. Xususan, Shahram G‘iyosovning havaskor boksdagi katta yutuqlarga erishishida ulkan hissa qo‘shgan Ravshan Xodjaev uni prof ringdagi jangida bevosida yonida turish uchun Las-Vegas shahriga etib borgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha murabbiy To‘lqin Qilichev va O‘zbekiston boks federatsiyasi ijrochi direktori Shohid Tillaboev ham AQShga jo‘nab ketgan edi.

photo_2022-05-05_11-08-41

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!