
Shahzod Muzaffarov raqibi ustidan "yurib o‘tib ketdi"
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etyapti.
54 kg da ishtirok etayotgan hamyurtmiz Shahzod Muzaffarov qirg‘izistonlik Islam Torabaev bilan o‘zaro jang qildi. Shahzodning katta ustunligida kechgan bahs natijada ham o‘z isbotini topdi. To‘liq 3 raunddan so‘ng yurtdoshimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir bokschimizning ham jangi kutib turibdi. Adhamjon Muhiddinov Saudiya Arabistoni vakili Alhavsav Musaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar