Shanba kuni Husanov superklub ko‘rigidan o‘tadi!

  • 1 noyabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining o‘ninchi turida eng qiziqarli uchrashuvlardan biri Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni chempionatdagi eng kuchli hujum chizig‘iga ega PSJ o‘z maydonida himoyani mustahkam ushlab kelayotgan “Lans”ni qabul qiladi.

Bu uchrashuv Liga 1 yangi mavsumida Frantsiyaning eng kuchli himoyachilaridan biriga aylangan Abduqodir Husanov uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, legionerimiz faoliyatini kuzatayotgan manbalar bu o‘yinda ko‘p masalalarga oydinlik kiritilishini ta’kidlayapti. Xususan, foot-sur7.fr portali bu haqda quyidagi sharhni muxlislar e’tiboriga havola qildi.

- Frantsiya chempionati har ikki jamoaga, xususan Abduqodir Husanovga o‘ta muhim. Chunki o‘zbek legionerini mamlakat chempioni diqqat bilan kuzatib kelyapti.

PSJning qishki transferlar davriga mo‘ljallangan nishoni – Abduqodir Husanov shanba kuni “Park de Prens”da “Lans” tarkibida maydonga tushib, Parij klubi rahbariyatiga mahoratini bevosita namoyish qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Bir necha haftadan beri chempionatda yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatayotgan himoyachi Parij superklubi nazariga tushganiga ancha bo‘ldi. Chempion jamoa kuzatuvlardan keyin qishki transferlar davrida uni qo‘lga kiritish uchun amaliy harakatlarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, poytaxt klubi sport direktori Luis Kampos jamoadan ketishi oydinlashib qolgan Slovakiya terma jamoasi o‘yinchisi Milan Shkrinyar o‘rnini Abduqodir Husanov bilan to‘ldirmoqchi bo‘lyapti.

Abduqodir Husanov hozir zo‘r sport formasida va “Lans” safida ketma-ket bir necha uchrashuvlarni juda yuqori darajada o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda atigi 15 marotaba maydonga tushgan futbolchi bu gal jamoa etakchisi Kevin Dansoning yo‘qligidan foydalanib, o‘zining bor salohiyatini namoyish eta oldi.

Endi Parij klubi mutasaddilari shanba kuni “Park de Prens” arenasida bo‘ladigan muhim bahsda Abduqodir Husanovni bevosita ko‘rikdan o‘tkazadi. Yosh himoyachi parijliklar hujumchilariga imkoni boricha ko‘prov muammo tug‘dirish uchun etarli darajada mahoratga ega. Husanov bu mavsum “Lans” uchun barcha turnirlarda 11 ta uchrashuv o‘tkazib ulgurdi.

L'Equipe nashrini Abduqodir Husanov mavsumni muvaffaqiyatli boshlaganini inobatga olib, uning transfer summasi 10 million evrodan balandligini qayd etdi. Transfermarkt  portalida esa, legioner himoyachi 5 million evroga baholangan, - deb yozdi foot-sur7.fr portali eksperti Leons Siriak.

PSJ va “Lans” o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan saot 21:00 da boshlanadi.

Eng badavlat klub mashhur o‘yinchi o‘rniga Husanovni transfer qilmoqchi

Fayzullaev Evropaga ketish bo‘yicha qarorini aytdi

Osiyoni zabt etgan Fayzullaevga “top-5”dagi qaysi ligaga borishini aytishdi

Husanov muxlislariga xushxabar: Hammasi kutilganidek bo‘ldi!

Raqibiga elka solib, qo‘rqitib qo‘ygan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Yangi pozitsiyada raqibni titratgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!