
Sharkich "Paxtakor" tarixidan joy oldi
Chernogoriyalik hujumchi O‘zbekiston chempionatida "sherlar" uchun to‘p kiritgan 25-chet ellik o‘yinchiga aylandi.
Endilikda "Paxtakor" safida gol urgan futbolchilar soni 25 nafarga etdi. Ular 14 mamlakat fuqarolari sanaladi. Eng ko‘p to‘p kiritgan xorijlik o‘yinchilar Chernogoriya va Serbiyadan hisoblanadi. Shuningdek, uch nafar Braziliya fuqarolari "Paxtakor" uchun O‘zbekiston chempionatida to‘p kiritishga erishgan.
Eng ko‘p gol ayni paytda "Paxtakor" sharafini himoya qilayotgan Dragan Cheran hisobiga yozilgan. U 68ta to‘p muallifiga aylangan. Ixeruome Uche hisobida 30 gol mavjud. Gochguli Gochguliev, Kaxi Maxaradze va Tiago Bezerra 20tadan ortiq gol urishgan.
Dragan Cheran (Serbiya) - 56
Ixeruome Uche (Nigeriya) - 30
Gochguli Gochguliev (Turkmaniston) - 26
Kaxi Maxaradze (Gruziya) - 23
Tiago Bezerra (Braziliya) - 21
Ismael Gonsalvesh (Portugaliya) - 16
Boyan Miladinovich (Serbiya) - 13
Eren Derdiyok (Shveytsariya) - 12
Dushan Savich (Makedoniya) - 7
Marko Simich (Chernogoriya) - 7
Aleksandr Kroxmal (Turkmaniston) - 6
Adnan Oraxovats (Chernogoriya) - 6
Darko Markovich (Chernogoriya) - 5
Fabiano Anderson (Braziliya) - 4
Oliver Sharkich (Chernogoriya/Belgiya) - 3
Oleg Zenchenkov (Ukraina) - 3
Jora Oganesyan (Armaniston) - 3
Asilbek Momunov (Qirg‘iziston) - 2
Vladislav Lyutiy (Ukraina) - 2
Irakli Klimiashvili (Gruziya) - 2
Fabio Pintu (Braziliya) - 1
Milorad Yanush (Serbiya) - 1
Sanibal Oraxovats (Chernogoriya) - 1
Gidi Kanyuk (Isroil) - 1
Boyan Matich (Serbiya) - 1
Fikrlar