Sharofiddin Lutfullaev bronza medali uchun bahs olib boradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gruziya poytaxtida start olgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining birinchi kun dasturida medallar uchun kurashadigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, -60 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan vakilimiz Sharofiddin Lutfullaev musobaqaning bronza medali uchun kurash olib boradi, deya xabar bermoqda MOQ.

Yurtdoshimiz chorak finalda frantsiyalik Valide Xyarga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Ammo bronza medali uchun o‘tish bellashuvida rossiyalik Yago Abuladzedan ustun keldi. Endi vakilimiz shohsupaga ko‘tarilish uchun Boldbatar Ganbat (Mo‘g‘uliston) bilan kuch sinashadi.

Ta’kidlash joiz, yurtdoshimiz ushbu bellashuvda g‘alaba qozonsa, Tokio Olimpiadasi uchun 350 reyting ochkosini qo‘lga kiritishi mumkin. Bo‘lajak bellashuvda yurtdoshimizga omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!