Shashti baland “So‘g‘diyona”, o‘ziga kela olmayotgan "Navbahor", Qarshidagi kutilmagan natija va boshqalar haqida

  • 2 avgust, 2019, 17:30
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

30-31 iyul kunlari Superligada 15-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. E’tiborlisi, jizzaxliklar bu gal ham zafar quchishdi. Ulug‘bek Baqoev shogirdlari o‘zini o‘nglay olmayotgan “Qo‘qon-1912” maydonidan 3 ochko bilan qaytishdi. Avvalgi bahsda chempion mag‘lub etilgandi. Bu orqali “So‘g‘diyona” shashti ancha balandligini ko‘rsatmoqda.

Raqiblaridan ancha farq bilan o‘zib ketgan “Paxtakor” Navoiyda mezbonlarni ranjitdi. “Lokomotiv” esa Toshkentda “Dinamo”dan birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini oldi.

Bu mavsum katta maqsadlar bilan chempionatda qatnashayotgan “Navbahor” tinimsiz ravishda ochko yo‘qotmoqda. “Lochinlar” ikkinchi davrning bu turida ham g‘alaba qozona olishmadi.

“Metallurg” Qarshida ikkita gol urib, mezbonlarni mag‘lub etdi. “Andijon” Olmaliqda 2 ta to‘p farqi bilan yutayotganda, yakunda durang qayd etildi. Murabbiy almashtirishda etakchi hisoblangan “Surxon” bu gal Toshkentda “qaldirg‘ochlar”ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Quyida 15-turning to‘liq tafsilotlari bilan tanishing:

QIZILQUM – PAXTAKOR 0:5

Superliga 15-turida "Paxtakor" Navoiyda "Qizilqum"dan 5:0 hisobida ustun keldi.

Uchrashuv mobaynida katta tashabbusga erishgan “sherlar” buni natijada ham aks ettirishdi. 11-daqiqada burchakdan to‘p o‘yinga kiritilgach, Marko Simichning uzatmasidan so‘ng Egor Krimets yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Markaziy himoyachilar dueti 17-daqiqada ushbu golning boshqacha ko‘rinishini namoyish etishdi. Endi Krimets to‘p oshirdi, Simich esa gol muallifiga aylandi - 0:2.

Taym yakunigacha Dragan Cheran va Farruh Sayfievning zarbalari xavfli chiqdi. Mezbonlardan Suxrob Yarashev va Ruslan Margievning aniq zarbalaridan keyin Eldor Suyunov to‘pni qaytardi.

Tanaffusdan so‘ng ham ko‘plab vaziyatlar yaratgan poytaxtliklar ularning uchtasidan unumli foydalanishdi. 47-daqiqada Sardor Sobirxo‘jaevning pasidan Igor Sergeev samarali foydalandi.

62-daqiqada zaxiradan tushirilgan Dostonbek Hamdamov muvaffaqiyat qozondi. O‘yindagi oxirgi gol Sergeev hisobiga yozildi. Igor bu safar Hamdamovning ajoyib uzatmasidan keyin Evgeniy Cheremisinni dog‘da qoldirdi.

Shota Arveladze shogirdlari birinchi davrada 8:0 hisobida navoiyliklarni tor-mor keltirishgandi. Mana ikkinchi o‘yinda ham “Qizilqum” toshkentliklar darvozasini ishg‘ol eta olmadi.

Gollar: Egor Krimets 11, Marko Simich 17, Igor Sergeev 47, 77, Dostonbek Hamdamov 62

“Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin, Alisher Sanoev, Lasha Totadze, Stivan Piter Lustitsa, Salim Mustafoev, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo‘raev, Azizbek Usmonov (Saidjamol Davlatjonov, 50), Ruslan Margiev, Mate Vatsadze (Vohid Shodiev, 89), Suxrob Yarashov (Nodirxon Kamolov, 53).

Zaxira: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Fayzullo Qambarov, Mirjalol Qosimov, Sardor Jahonov.

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Husniddin G‘ofurov, 66), Igor Sergeev, Egor Krimets, Odiljon Xamrobekov, Marat Bikmaev (Dostonbek Hamdamov, 59), Sardor Sobirxo‘jaev, Farruh Sayfiev, Marko Simich (Vladimir Kozak, 77).

Zaxira: Sanjar Quvvatov, Bobur Asqarov, Jahongir Ahmadov, Shohruh Mahmudhojiev, Jasurbek Yaxshiboev, Sherzod A’zamov.

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiev 24, Muhsin Ubaydullaev 24, Sherali Jo‘raev 71, Dostonbek Hamdamov 73, Mate Vatsadze 88.

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Olim Abduvosilov, Rishat Nugmanov, Shuhrat Rajabov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Abbos Ahrorov.

4460 tomoshabin.

sher

Shota Arveladze: - Ajoyib maydon uchun mezbonlarga tashakkur bildiraman. Muxlislarga ham rahmat, kimdir yaxshi o‘ynaganda olqishlab qo‘yish barchani xursand qiladi.

Birinchi taym boshida tezkor ikki gol urdik. Bo‘lim oxirida esa hushyorlikni yo‘qotdik va mezbonlarda xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Uchinchi to‘pni kiritganimizdan keyin to‘pni nazorat qilishga intildik. Bunday havoda bu ancha qulay.

Raqibni jiddiy o‘rgangandik. Ular o‘tgan turda Namanganda juda yaxshi o‘ynab, g‘alaba qozonishgandi.

Hamidjon Aktamov: - «Paxtakor» O‘zbekistonning bayroqdor jamoasi va ayni paytda chempionat peshqadami hisoblanadi. Raqib tarkib jihatdan shubhasiz eng kuchlisi. Toshkentliklar o‘zlari yaratgan imkoniyatlarni golga aylantirishdi, bizga esa imkon berishmadi. Statistikaga qarasak, biz ham zarba berishda ulardan ortda qolishmaganimizni ko‘rish mumkin. Ammo Suyunov eng kerakli pallada jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Ikkinchi davra endi boshlandi. Keyingi o‘yinlarda muxlislar ishonchini oqlashga urinamiz.

 

QO‘QON-1912 – SO‘G‘DIYoNA 1:2

Jizzaxliklar Qo‘qonga yaxshi kayfiyatda etib kelishdi. Chunki Ulug‘bek Baqoev shogirdlari ikkinchi davraning ilk bahsida “Lokomotiv”ni mag‘lub etishdi. Mezbonlar esa Toshkentdan “quruq qo‘l” bilan qaytishgani uchun bu o‘yinda g‘alaba qozonishlari shart edi. Ammo...

Uchrashuv mezbonlar uchun omadsiz boshlandi. Birinchi daqiqada Ivan Nagaev qarshi hujumdan darvozani ishg‘ol etdi.

Goldan keyin oldinga otlangan qo‘qonliklar raqib darvozasi atrofida xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Bu harakatlar 7-daqiqada samara berdi. Jizzaxliklar jarima maydoni ichida Jamshid Hasanovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Penaltini Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

63-daqiqada mehmonlar ikkinchi to‘pni kiritishdi. Markazdan boshlangan hujum chap qanotga ko‘chirildi. Shohruz Norxonovning pasini Kaxi Maxaradze muvaffaqiyatli yakunladi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar har qancha harakat qilishmasin, hisob o‘zgarmadi.

Gollar: Ivan Nagaev 1, Murod Xolmuhammedov penalti 8, Kaxi Maxaradze 63

“Qo‘qon-1912”: Islom Abdullaev, Sobit Sindarov, Jamshid Hasanov (Hojimat Erkinov, 61), Quvondiq Ro‘ziev (Otabek Haydarov, 82), Avazxon Mamatxo‘jaev, Suxrob Berdiev, Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Timur Hakimov, 70), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov.

Zaxira: Sarvar Karimov, Muzaffar Abdullaev, Muhammadanas Hasanov, Timur Usmonov, Hamidullo Abduhamidov, Alisher Samatov.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze (Siroj Meliev, 89), Sanjar Rashidov, Shohruz Norxonov (Izattilla Abdullaev, 68), Jamshid Boltaboev (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Jasur Hasanov, Ivan Nagaev, Nikola Milinkovich, Sherzod Fayziev.

Zaxira: Shirinboy Abdullaev, Nuriddin Hasanov, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Dian Tilxatov, Daniel Nasriddinov.

Ogohlantirish: Murod Xolmuhammedov 25

Hakamlar: Aziz Asimov, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, G‘ayrat Jo‘raev

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

2854 tomoshabin.

Ulug‘bek Baqoev: - Qo‘qonda qiynalishimizni bilgandik, chunki mezbonlarning turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkin edi. Kutilganidek uchrashuv murakkab tarzda kechdi. G‘alabaga osonlikcha erishganimiz yo‘q. Maydon egalari yaxshi o‘ynashdi. Futbolchilar borlarini berishdi. Raqibimiz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmagani bizga qo‘l keldi. Qolaversa, bunday issiq havoda to‘p tepish oson emas. Futbolda gol urgan jamoa yutadi.

Aziz To‘xtaboev: - Bugungi o‘yinda faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushgandik. Futbolchilarga ortga yo‘l yo‘q ekanligini tushuntirgandim. Gol urishni haddan tashqari ko‘p istaganlaridanmi bilmadim, nimagadir vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonlik etishmadi. Aksincha, raqibimiz kam sonli hujumlarini gol bilan yakunlashdi. Uchrashuvda bizni qo‘llab turgan muxlislardan minnatdorman. Mag‘lubiyat uchun ulardan uzr so‘rayman. Keyingi turlarda vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilamiz.

 

LOKOMOTIV – DINAMO 2:0

Amaldagi chempion “Lokomotiv” maydoniga safar uyushtirgan “Dinamo” Toshkentda mag‘lubiyatga uchradi.

Birinchi taymda “temiryo‘lchilar” ko‘plab hujumlar tashkil etishdi. O‘z navbatida, samarqandliklar ham bo‘sh kelishmadi va raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishdi.

Tanaffusdan so‘ng mezbonlar faollikni oshirishdi. Shulardan biri darvoza ishg‘ol etilishi bilan yakunlandi. Jarima maydoniga kirib borgan Oston O‘runovni Hakimxon A’lamxonov to‘xtatib qolgani uchun penalti belgilandi. 11 metrdan to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqov to‘rga kiritdi.

68-daqiqada Jasur Azimov gol muallifiga qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi. Son jihatdan ustunlik bois toshkentliklar o‘zlarini ortiqcha qiynab o‘tirishmadi. Lekin hisob qaltis ekanligi bois ikkinchi gol zarur edi.

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Medina Smit uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqada darvozani ishg‘ol etdi. Sardor Mirzaevning faolligi evaziga Medinaning debyuti omadli chiqdi.

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov penalti 56, Ariagner Medina Smit 90+2

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov (Yovan Jokich, 88), Sardor Mirzaev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Sherzodbek Karimov, 78), Islom To‘xtaxo‘jaev, Davronbek Hoshimov, Arslanmirat Amanov (Ariagner Medina Smit, 70), Diyorjon Turopov, Igor Elich.

Zaxira: Ma’mur Ikromov, Javohir Sohibov, Ibrohim G‘anixonov, Javohir Esonqulov, Dilshod Komilov.

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Loqaev, Hakimxon Alamxonov (Amirjon Safarov, 61), Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmetov (Sardor Eminov, 74), Bobur Qosimov, Damir Temirov, Jasurbek O‘rinov, Ixtiyor Toshpo‘latov (Bahodir Nasimov, 46), Shohruh Abdurahmonov.

Zaxira: Shohruh Raimov, Nizom Norov, Abbos Shodmonov, Sanjar Baratov, Siroj Hamroev, Obid Hakimov.

Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov 4, Temurxo‘ja Abduxoliqov 68 – Jasur Azimov 68.

Chetlatish: Jasur Azimov (76, ikkinchi sariq).

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Rahim Karimov.

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.

Komissar: Ramil Ilyasov.

1710 tomoshabin.

Davron Fayziev: - Alamli mag‘lubiyat. Vaziyatlardan foydalana olmadik. "Lokomotiv"dan qo‘rqib o‘ynaganimiz yo‘q. Menimcha, yaratilgan vaziyatlar borasida raqibdan ustunroq bo‘ldik. Ammo mag‘lubiyatni tan olish - mardlarning ishi. Har bir murabbiyning o‘ziga hos e’tirozlari bo‘ladi. 1:0 va 2:0ning farqi yo‘q. Yigitlardan oxirgi daqiqalarda bosim qilishlarini talab qildim. Balki gol urib, hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. Shogirdlarim avvalgi bellashuvga qaraganda, mazmunliroq ko‘rinishdi. "Bunyodkor" bilan bahsda ham shunday ishtiyoq bilan o‘ynaganimizda natija boshqacharoq bo‘lardi. "Bunyodkor" va "Lokomotiv" mamlakatimizning eng nomdor jamoalaridan. Yigitlarda hayajon bo‘lishi tabiiy.

Albatta, ketma-ket uch mag‘lubiyat ta’sir qiladi. Ruxiy tushkunlikka tushish kerak emas. Bu futbol. Shunday davrlar bo‘ldi-ki, qatorasiga 7-8 o‘yinda yutqazmadik. Endi uyda ko‘proq ochko jamg‘arishga intilamiz.

Samvel Babayan: - Qiyin uchrashuv kuzatildi. Barcha raqiblar bizga qarshi o‘zgacha kayfiyatda maydonga tushishmoqda. "Dinamo"ning avvalgi bahsi bilan solishtirsak, samarqandliklar ikki xil o‘yin namoyish qilishdi. Ammo ko‘proq e’tiborni o‘z jamoamga berishni istayman. Ruhiy tushkunlikdan chiqib, g‘alaba qozongani uchun yigitlarga rahmat aytaman. Bellashuv davomida uzoq vaqt gol ura olmaganimiz uchun bugun bir necha vaziyatlarda biroz asabiylashdik.

E’tiborlisi, darvozalarni hujumga javob beradigan futbolchilar ishg‘ol etishdi. Endi ko‘proq g‘alabalarga erishib, muxlislarimizni xursandchilik ulashishga intilamiz. O‘yin sifati va natijasi borasida hali anchagina ishlashimiz lozim.

Jizzaxda ko‘proq vaziyatlar yaratib, yanada yaxshiroq o‘ynagandik. Vaziyatlardan foydalanishda muammolarga uchrayapmiz. Ikkinchi taymda esa katta tashabbusga erishgandik. Etakchi jamoalar imkoniyatni boy berganidan keyin yigitlarni ruxlantirish qiyin kechadi. Mag‘lubiyatlarga kam uchraydigan futbolchilarga kerakli so‘zlarni topa bilish darkor.

Medina Smitni davralar oralig‘ida ijaraga oldik. U yosh va anchagina iqtidorli.

 

BUXORO – NAVBAHOR 0:0

Ikkinchi davraning ilk o‘yinida imkoniyatni boy bergan “Navbahor” bu tur ham 3 ochko ishlay olmadi. Buxoroga safar qilgan “lochinlar” g‘alabaga munosib harakat qilishmadi. Yutishni istagan, chempionlikni vazifa etib belgilagan jamoa oxiriga qadar kurashishi lozim. Shu kuni biz namanganliklarda bularni ko‘rmadik.

Birinchi taymda mezbonlardan Asadbek Sobirjonov va Sardor Sulaymonov, mehmonlardan Aleksandr Kasyan, Azim Ahmedov hamda Ivan Solovyovda imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo ularning zarbalariga aniqlik etishmadi. Shuningdek, ayrim hujumlar paytida darvozabonlar – Rahimjon Davronov va O‘tkir Yusupov mahoratlarini namoyish etishdi.

Tanaffusdan so‘ng ham noaniqliklar yoki vaziyatlarni samarali yakunlashdagi oqsoqliklar davom etdi. E’tiborni tortgani, “Navbahor” futbolchilari vaqt o‘tayotganini his qilishsa-da, o‘zlarini ortiqcha kuyuntirishmadi. Maydonda shunchaki yurishdi xolos. Ayrim holatlarda mezbonlar darvozani ishg‘ol etib, g‘alaba qozonishlari mumkin edi. Biroq shu kuni stadionga yig‘ilgan tomoshabinlar gol ko‘rishmadi.

4201564155147

«Buxoro»: Rahimjon Davronov, Bobirjon Amonov, Salamat Qutiboev, Asadbek Sobirjonov (Behruz Sa’dilloev, 89), Akobir To‘raev (Andrey Sidorov, 66), Sardor Sulaymonov (Anvar Jo‘raev, 60), Behruz Shodmonov, Ergash Ismoilov, Milovan Kapor, Fatxullo Fatxulloev, Artem Kulesha.

Zaxira: Xurshid Xo‘jaev, Mirjalol Jumaev, Jamoliddin Ubaydulloev, Tohir Shamsitdinov, Murod Bobojonov, Davronbek Umirov, Anvar Jo‘raev.

«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov, Ivan Solovev (Aziz Ibragimov, 80), Azizbek Turg‘unboev, (Abbos G‘ulomov, 90+1) Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov (Shahzod Shaymanov, 63), Ilhom Alijonov, Amirbek Jo‘raboev.

Zaxira: Dilshod Hamroev, Komil Tojiddinov, G‘iyosjon Komilov, Ayubxon No‘manov, Sherzod Hakimov, Nodir Mavlonov.

Ogohlantirishlar: Amirbek Jo‘raboev 53, Mirzohid G‘ofurov 67.

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodilla Abdurahmomov, Rustam Choriev

Nazoratchi: Sulton Zaylobuddinov

Komissar: Erkin Baxtiyorov.

5820 tomoshabin.

Deyan Jurjevich: - Buxoroga 3 ochko uchun kelgandik. Ammo birinchi taymda shogirdlarim kutilgan o‘yinni namoyish etishmadi. Tanaffusdan so‘ng, yigitlar yaxshi o‘ynab, bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq ulardan samara chiqmadi. Bir so‘z bilan aytganda, jamoamizdan omad yuz o‘girdi.

To‘g‘ri, safardan ochko bilan qaytyapmiz. Lekin o‘tgan turda o‘z maydonimizda mag‘lubiyatga uchragandik va ushbu bahsda o‘sha ochkolar o‘rnini to‘ldirish niyatida edik. Afsus, maqsadimizga erisha olmadik.

Muhsin Muhammadiev: - Bellashuv juda qiyin kechdi. O‘yinga havo haroratining o‘ta yuqoriligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Maydonda harakat qilish qiyin bo‘ldi. Menimcha, mazkur bahsni bevosita stadionda tomosha qilgan muxlislar ham buni his qilishdi. Shogirdlarimning oxirgi zarbalariga aniqlik etishmadi, omadimiz kelmadi.

To‘g‘ri, “Navbahor” kuchli jamoa va biz bu raqibni hurmat qilamiz. Lekin kim gol ursa, o‘sha zafar quchadi. Har ikki klub vakillari darvozalarni ishg‘ol eta olishmadi. Natijada durang qayd etildi.

 

NASAF – METALLURG 1:2

Qarshida “Nasaf” bilan kuch sinashgan “Metallurg” Bahodir Pardaevning dubli evaziga g‘alaba qozondi.

Bekobodliklar birinchi bo‘limda raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol etishni uddalashdi. Bahodir Pardaev 20-daqiqada Bahrom Abdurahimovning pasidan so‘ng gol urdi.

Taym oxirida mehmonlar standart vaziyatdan unumli foydalanishdi. Muzaffar Muzaffarov jarimadan uzatib bergan to‘pni Bahodir Pardaev boshi bilan to‘rga kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Oybek Bozorov 75-daqiqada oradagi farqni qisqartirdi.

Shundan so‘ng ham mezbonlar “Metallurg” darvozasi yonida ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi, biroq Aleksandr Lobanovning ishonchli harakatlari jamoasi joniga oro kirdi.

Gollar: Bahodir Pardaev 19, 42, Oybek Bozorov 75

«Nasaf»: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullaev, Azizjon G‘aniev, Dilshod Saitov (Islom Rashidxonov, 46), Humoyun Murtazoev, Bobir Abdixoliqov (Oybek Bozorov, 65), Sharof Muhitdinov, Doniyor Narzullaev, Sardor Abduraimov, Xurshid Muxtorov (Sherzod Nasrullaev, 71), Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: Mashxurjon Muhammadjonov, Sardor Sa’dullaev, Husniddin Aliqulov, Jo‘rabek Mannonov, Akmal Mozgovoy, Xudoyorxon Sag‘dullaev.

«Metallurg»: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloev (Andrey Shipilov, 64), Islombek Isoqjonov (Sergey Tumasyan, 39), Bahrom Abdurahimov (Server Jeparov, 89), Muzaffar Muzaffarov, Shavkat Mullajonov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Bahodir Pardaev.

Zaxira: Zafar Safaev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Zohid Abdullaev, Xudoyshukur Sattorov, Shohzod G‘ofurbekov, Muxammad Isaev.

Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullaev 51, Sharof Muhitdinov 90 – Islom Isoqjonov 37, Aleksandr Lobanov 86.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Oybek Yunusov

6142 tomoshabin.

photo_2019-07-31_20-59-04

Andrey Shipilov: - Bunday ajoyib stadionda, muxlislar qarshisida va gilamdek tekis maydonda to‘p tepish juda yoqimli. Uchrashuvda qanday natija qayd etilishidan qat’iy nazar bu fikrimni bayon etardim.

Ishqibozlar tomoshabop bellashuv shohidiga aylanishdi. “Nasaf” kuchli, tezkor, g‘ayratli yoshlardan iborat jamoa. Bahs boshida mezbonlar ikkita qulay vaziyatni yaratishdi. Uchrashuv qahramonlaridan biri shubhasiz Aleksandr Lobanov.

Futbolchilar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Maydon egalarini qarshi hujumda ushladik. Bundan tashqari yana darvozani ishg‘ol etishimiz mumkin edi.

Nazarimda, “Nasaf” Termizdagi og‘ir uchrashuvdan so‘ng o‘ziga kelib ulgurmagan. Yoki bizning kuchimizga to‘g‘ri baho bermagan. Birinchi taym to‘liq ustunligimiz ostida o‘tdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda mezbonlar bosimni oshirishdi. Ammo bo‘sh kelmadik va haqli ravishda g‘alaba qozondik.

Ro‘ziqul Berdiev: - Birinchi bo‘limda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, o‘yinimiz o‘xshamadi. Ustiga-ustak 2 ta gol qo‘yib yubordik “Metallurg”dek tajribali futbolchilarga ega jamoa bunday farqni saqlashni biladi va buni ular amalda isbotlashdi.

Ikkinchi bo‘limda ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatdik. Biroq raqibimiz yaxshi himoyalandi. Lobanov esa o‘z jamoasini bir nechta muqarrar goldan saqlab qoldi. G‘alabaga munosib emasdik. Hujum chizig‘imiz ham biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi.

Bellashuvga yigitlar tayyor edi. Biroq o‘tkazib yuborilgan 2 ta goldan so‘ng vazifamiz juda qiyinlashib qolgandi.

 

AGMK – ANDIJON 2:2

Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoalar o‘rtasidagi bellashuvning dastlabki bo‘limida o‘yin tempi nisbatan past bo‘ldi. Ammo tanaffusdan keyin muxlislar boshqacha futbol guvohiga aylanishdi. Mehmonlar faollik ko‘rsatib, hujumlarni samaralari yakunlashdi.

Saydullo Rahmatov va Suhrob Sultonovning o‘zaro tushunmovchiligi natijasida burchak zarbasi vujudga keldi. Standartdan to‘pni Qahramon Bahodirov to‘rga yo‘lladi.

Oradan 15 daqiqa o‘tib, Shahzod Ubaydullaev jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib, osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi.

Shundan so‘ng olmaliqliklar uyg‘onishdi. Maydon markazida Hakimov - Polvonov tandemi boshlagan hujumni jamoa to‘purari Zafar Polvonov aniq zarbasi orqali muvaffaqiyatli yaunladi.

Hisobni tenglashtirish uchun yanada katta kuch bilan oldinga o‘tgan AGMK vakillarining 79-daqiqada tashkil etgan hujumi raqib jarima maydoni ichida qoidabuzarlik bilan to‘xtatildi. Jalil Kimsanov bu vaziyatda Polvonovni qo‘l bilan ushlab qolingandi. Penaltidan gruziyalik Elguja Grigalashvili unumli foydalandi.

Ikkinchi taymda ikkita to‘p farqi bilan ortda qolgan mezbonlar yakunda iroda ko‘rsatib, mag‘lubiyatni durangga aylantirishdi.

Gollar: Qahramon Bahodirov 51, Shahzod Ubaydullaev 66, Zafar Polvonov 71, Elguja Grigalashvili penalti 81

AGMK: Suhrob Sultonov, Erkin Boydullaev, Mirjamol Qosimov (Jasur Umarov, 46), Dilshod Jo‘raev (Murodjon Toshmatov, 46), Elguja Grigalashvili, San’at Shixov, Zafar Polvonov, Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov (Jasurbek Hakimov, 58), Boburbek Yuldashev, Vladislav Kasminin.

Zaxira: Mirg‘iyos Sulaymonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Sardor Rahmonov, Farhod Imomov, Igor Zonich.

«Andijon»: Ruslan Matniyozov, Jalil Kimsanov, Farhod Bekmurotov, Shahzod Ubaydullaev (Robbim Hasanov, 74), Dilshod Rahmatullaev, Sardor Azimov, Ildar Mamatkazin, Ro‘zimboy Ahmedov, Abdurahmon Abdulxaqov (Qahramon Bahodirov, 50, Oybek Qilichev, 67), Aleksich Radosav, Abror Xusinov.

Zaxira: Javohir Qilichev, Ibrohim Otaxonov, Usmonali Usmonaliev, Baxtiyor Qosimov, Xushnud Avilov, Abdulloh Olimov.

Ogohlantirishlar: Abdurahmon Abdulxaqov 39, Dilshod Jo‘raev 40, Jalil Kimsanov 80.

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ahmadjon Ergashev

Nazoratchi: Artyom Arutyunov

Komissar: Akmal Rahmatov

1348 tomoshabin.

Aleksandr Xomyakov: - Ikki ochko yo‘qotdik. Ikki to‘p farqi bilan yutayotib, yakunda durang o‘ynash juda alamli. Ha, g‘azabdaman. Tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Lekin AGMK bilan safarda durang o‘ynash yomon natija emas.

Bugun himoyaga urg‘u bergan holda to‘p tepdik. Tezkorlik bilan hujumga o‘tib, raqibni jazolash asosiy maqsadimiz edi. Qaysidir ma’noda o‘ylagan rejamiz amalga oshdi. Birinchi davrada esa ochiq o‘yin namoyish etganimiz uchun raqibda ko‘p bo‘sh hududlarda egalik qilish uchun imkoniyatlar bo‘lgandi.

Mish-mishlarni eshitdik. Umid qilamanki, Dilshod Rahmatullaev jamoada qoladi.

Hikmat Ergashev (AGMK jamoasi yordamchi murabbiyi): - Birinchi bo‘limda yigitlar kutilgan o‘yinni ko‘rsatishmadi. Ikkinchi taymda ketma-ket gollar o‘tkazib yuborganimizga qaramasdan futbolchilar o‘zlarida kuch topishdi va hisobni tenglashtirishni uddalashdi. Bekobodda "Metallurg"ga qarshi bahs bilan solishtirsak, bugun men birinchi taymdagi jamoani tanimadim.

Mashg‘ulotlarda futbolchilar yaxshi ishlashmoqda. Oxirgi 20-25 daqiqa jamoa anchagina qattiq kurashdi. Uchrashuv boshidanoq shu tarzda harakat qilishimiz kerak edi.

 

BUNYoDKOR – SURXON 3:0

«Surxon»ni qabul qilgan «Bunyodkor» chiroyli o‘yini bilan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Maydonda mehmonlarga nisbatan faolroq va ustunroq ko‘ringan «qaldirg‘ochlarimiz» termizliklar darvozasini uch bor nishonga olishdi.

Birinchi bo‘limda Javohir Qahramonov zaxiradan tushganiga hali bir daqiqa bo‘lib ulgurmay o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. O‘ng qanotdan boshlangan hujumni Javohir Qahramonov samarali yakunladi.

Tanaffusdan so‘ng Qahramonov ikki jamoadoshiga assisentlik qildi. O‘ng qanotdan etkazib bergan to‘pni Sanjar Qodirqulov boshi bilan darvozaga to‘g‘irlab qo‘ygan bo‘lsa, uchrashuv oxirida Nurillo To‘xtasinov raqib posboni Asilbek Amanov bilan birga-bir vaziyatda uni dog‘da qoldirdi. Avvaliga to‘pni engilgina uning ustidan olib o‘tdi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Gollar: Javohir Qahramonov 36, Sanjar Qodirqulov 74, Nurillo To‘xtasinov 90+3

«Bunyodkor»: Murodjon Zuxurov, Anvar G‘ofurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Xurshid G‘iyosov (Dmitriy Ostrovskiy, 81), Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov (Jasurbek Jaloliddinov, 87), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Rixsiboev (Javohir Qahramonov, 35), Evgen Chumak, Abdulla Abdullaev.

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Bobur Farhodov, Muhammadodil Qahramonov, Farruh Ikromov.

«Surxon»: Asilbek Amanov, Abduqahhor Hojiakbarov, Shohnazar Norbekov (Rahmatullo Berdimurodov, 46), Shavkat Salomov, Abdul Aziz Yusupov, Abror Ismoilov (Suxrob Nematov, 75), Eldor Boymatov (Azamat Allaniyozov, 67), Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliev, Darko Stanoevich.

Zaxira: Sardor Qobiljonov, Azamat Ahmedov, Azamat Isroilov, Ravshan Xursanov, Sanjar Ahmedov.

Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘raev 45, Eldor Boymatov 54, Sanjar Qodirqulov 72.

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Ruslan Serazetdinov, Doniyor Saylavov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Zohirbek Akramxonov

1355 tomoshabin.

Vladimir Andreev ("Surxon" jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi): - Harakatda va kurashlarda raqibga yutqazdik. "Bunyodkor" bizni asosan shu tomonlama engdi. Mana ikkinchi o‘yindir-ki, maydonda kam harakat qilyapmiz.

Birinchi golni umuman o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. O‘zimiz sababchimiz. Shundan so‘ng tashabbus raqib tomonga o‘tdi.

Vadim Abramov: - Og‘ir o‘yin o‘tdi. Ob-havoni o‘zingiz ko‘ryapsiz. O‘ylashimcha, bugun haqli ravishda g‘alaba qozondik. Stadionlarga ko‘proq muxlis kelishini xohlardim. O‘z maydonimizda to‘p tepishni boshlaganimizdan so‘ng tomoshabinlar soni ko‘proq bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Tarkibni asosan raqibga qarab tanlayman. Futbolda shunday: hammaga imkon berish lozim. Qolaversa, Jasur Jaloliddinov ancha yosh va uni birdaniga hamma o‘yinga tushiraverib qiynab qo‘yish kerak emas. Jasur hali ko‘p amaliyotga ega bo‘ladi.

"Bunyodkor" kuzda toliqib qoladi? Bilasizmi, bizda "Armanlarda har doim variant bo‘ladi" degan gap bor. Shunday ekan, men ham qandaydir yo‘llarini izlab topishga harakat qilaman. Qani oktyabr-noyabr oylari kelaversin-chi, keyin bu savolni o‘ylab ko‘ramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Misha Mk
04/08/2019 13:05
Бекзот исаев сиздан бита илтимос соровнома утказинг Навбахорда жорживич била бобойевга котог борми деган бу сукалани хайдаш кере
Misha Mk
04/08/2019 12:42
Saytga gap yoq shundo ishlela nomer 1 bolasila
&
BBS UZB
02/08/2019 21:45
Rostdan hammasi bitta maqolada. Raxmat sports.uz
Сабит Каримов
02/08/2019 20:47
Навбахорга тренерликка энг зур вариант Т.Копадзе эди булар Бабаянни укасини олиб келди мана энди шу ахвол
&
★xodillo★
02/08/2019 17:53
Maqolani erinmay yozib chiqqanlarga raxmat
Maqola zo'r chiqibdi barakalla
Xizmatlardan charchamanglar xurmatli JURNALISTLAR