Shavkat Mirziyoev: "Xorijdan legioner olib kelish amaliyotdan voz kechib, mahalliy sportchilarimizni tarbiyalashga jiddiy e’tibor qaratadigan payt keldi"

CHERY AUTO

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Tokio shahridagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi.

Tecno

Prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida:

"Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod litsenziyani qo‘lga kiritish va medallar bo‘yicha etakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor.

Har bir hudud kesimida Olimpiada o‘yinlariga hozirlik ko‘rish dasturlarini ishlab chiqib, uni tizimli tashkil etish kerak.

Sport ta’lim muassasalarida Paralimpiya bo‘limlarini tashkil etib, ularga 10 foiz qo‘shimcha kvotalar ajratish yaxshi natija berishi mumkin.

Sportchilarni o‘qitishda ota-onalar tomonidan pul to‘lash tartibini bekor qilish zarur. Shuningdek, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga, imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimini ham joriy etishimiz kerak.

Shu o‘rinda katta xarajatlar evaziga xorijdan sportchilarni (legioner) olib kelish tajribasi unchalik ham o‘zini oqlamayotganini ochiq aytishimiz kerak.

Bunday amaliyotdan voz kechib, mahalliy sportchilarimizni tarbiyalashga jiddiy e’tibor qaratadigan payt keldi.

Xorijdan legionerlar emas, etuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/08/2021 17:38
йуге, энди-ми?