
Shavkat Rahmonov reytingda ko‘tarilishga erishdi
“UFC 296” turnirida qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov Stiven Tompsonni 2-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Aynan ushbu g‘alaba Rahmonovga UFC rasmiy reytingida ko‘tarilishga sabab bo‘ldi.
Endi qozog‘istonlik jangchi yarim o‘rta vazn (77,1 kg) divizioni reytingida 3–o‘ringa ko‘tarilib oldi. Rahmonovdan oldin chempion Leon Edvards, Kamaru Usman hamda Belal Muhammad bor xolos. U Kolbi Kovington hamda Gilbert Byornsni quvib o‘tdi. Aksincha Edvardsdan mag‘lub bo‘lgan Kovington 5-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar