Shaxmat. Ertaga "Toshkent bahori-2024" xalqaro turniri boshlanadi

  • 13.05.2024 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

14 may kuni poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha an’anaviy "Toshkent bahori" xalqaro turniri start oladi. Musobaqalar Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida bo‘lib o‘tadi. 

21 mayga qadar davom etadigan ushbu musobaqalar shveytsarcha tizimda elektron soatlarda 9 turdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar ikki guruhda – "B" bolalar guruhi (2013 yilda tug‘ulgan va undan kichik) hamda umumiy "A" guruhda xalqaro reyting hisobi bilan o‘tkaziladi.

"Toshkent bahori" xalqaro turnirining tafsilotlari bilan saytimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!