
Shaxmat olimpiadasi. Erkaklar terma jamoamiz navbatdagi g‘alabasini Armaniston ustidan qo‘lga kiritdi
Bugun Hindistonda davom etayotgan shaxmat olimpiadasining 9-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Armanistonga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Jumladan, Javohir Sindarov raqibi Ter-Sahakyan Samvelga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi, Jaxongir Voxidov raqibi Hovhannisyan Robertga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi, Nodirbek Yoqubboev esa Melkumyan Hrant bilan durang o‘ynadi Nodirbek Abdusattorov ham Sargissian Gabriel bilan durang o‘ynadi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yana peshqadamlikni qaytarib oldi.
Fikrlar