Shaxmat. Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egaladi

  • 8 avgust, 2024, 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Xabar berganimizdek, shu kunlarda poytaxtimiz shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari hamda 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Kecha “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida musobaqaning g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlar marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish lozimki, sovrin jamg‘armasi 20 ming evro bo‘lgan mazkur nufuzli musobaqada Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Ispaniya, Vengriya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Nigeriya, Sloveniya, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, AQSh davlatlaridan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar Qozog‘iston hamda FIDE nomidan ishtirok etgan jamoaga nasib etdi. Ta’kidlash kerakki, musobaqa davomida Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Xumoyun Bekmuratov, Almaz Rahmatullaev, Asrorjon Omonov, Afruza Hamdamova, Guldona Karimova, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Ozoda Shahzodova, Gulxumor Najmiddinova, Mohizoda Muxsinova kabi iqtidorli sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Quyida ushbu taqdirlash marosimidan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!