“Shaxtyor” Yaxshiboevni kuzatib qo‘ydi!

  • 4 oktabr, 2020, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Shaxtyor” futbolchisi Jasurbek Yaxshiboev O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovdan ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va o‘rtoqlik uchrashuvlariga taklif olgan edi.

“Shaxtyor” klubi o‘z to‘purariga omad tilab, uni terma jamoa ixtiyoriga kuzatib qo‘ydi.

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8 oktyabr kuni Toshkentda Eron futbolchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. 12 oktyabrda esa safarda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi mehmoni bo‘ladi, - deb yozmoqda “Shaxtyor”

2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqalarining qo‘shma saralash turniriga tayyorgarlik ko‘rayotgan mamlakatimiz bosh terma jamoasi murabbiylar shtabi bu galgi yig‘inga eng kuchli futbolchilarni taklif etdi.

Shunday bo‘lsa-da, Xitoy chempionatida o‘ynayotgan jamoa sardori Odil Ahmedov va tajribali himoyachi Islom To‘xtaxo‘jaev pandemiya sabab yig‘inga kelmaydi. Shuningdek, “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan asosiy hujumchi Eldor Shomurodovning ham Toshkentga etib kela olmasligi haqiqatga yaqin. Bunday vaziyatda Jasur Yaxshiboev to‘purarlik mahoratini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/10/2020 12:13
Odil Ahmedov kuchli uyinchi lekin. endi bu yogiga Odilsiz MTJ urganish vaqti keldi. Islomga kelsak. Islom MTJ tortmaydi. himoyachi buydor va tezkor bulishi kerak. kelajakka. manimcha endi. Ashurmatov . Tursunov. Aliqulov. shular egallaydi. buldi. Eldorga kelsak. u hujimchi urtoqli uyinlarga kelmasa ham muhim uyinlarga uyinlarga kelsa bemolol qushilib ketaveradi.