Shayx Salmon OFK Prezidenti sifatida qayta saylandi

  • 6 aprel, 2019, 09:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Unda kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala 2019-2023 yillar uchun tashkilotning yangi rahbarini saylash bo‘ldi. OFK prezidentini saylash jarayonida tashkilotga a’zo 47 mamlakat federatsiyalar vakillari ovoz berishdi.

Tecno
Unga ko‘ra, tashkilotning amaldagi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Halifa yana 4 yil muddatga OFK prezidenti etib saylandi.
 
Qayd etish joiz, OFK prezidentligiga nomzodlar orasida faqatgina tashkilotning amaldagi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodi qolgan edi. Dastavval bu lavozimga da’vogarlar soni 3 nafar edi: Shayx Salmon Ibrohim bin Xalifa (Bahrayn), Saud Al Mohannadi (Qatar) hamda Muhammad Al Romaiti (BAA).
 
Mart oyida dastlab Muhammad Al Romaiti, keyinchalik Saud Al Mohannadi saylovda ishtirok etmasligini ma’lum qilib, o‘z nomzodini qaytib olgan edi. Shu tariqa nomzodlar orasida faqatgina Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa qolgan xolos. Eslatib o‘tamiz, OFK prezidenti bir vaqtning o‘zida FIFA vitse-prezidenti ham sanaladi.
 
Ta’kidlash joiz, o‘tgan oy Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (MOFA) Kongressida tashkilotga a’zo barcha mamlakat vakillari (Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) bo‘lajak saylovda Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilishgan edi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!