Sher Mamazulunovning professional boksdagi debyut jangi sanasi va raqibi ma’lum!

  • 2 iyun, 2022, 21:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yurtimizning professional kikboksing, K- 1 yo‘nalishidagi mashhur vakili Sher Mamazulunovning professional boksda ham ringga ko‘tarilishi haqida ma’lumot bergan edik. 

U Rossiyaning Hardcore FC promousheni bilan professional boks bo‘yicha 6 ta jangga shartnoma imzolagan edi. 

Uning debyut jangi sanasi va raqibi ham ma’lum bo‘ldi. Hamyurtimiz 14 iyun kuni Moskva shahrida ushbu promoushen tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Unga raqib sifatida dog‘istonlik charmqo‘lqop ustasi Abdulqodir Gadjiev tanlangan. Jang 84 kg vazn toifasida 4 raund etib belgilangan.

Shu o‘rinda Mamazulunovga ushbu yo‘nalishdagi debyut jangida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!