Sherzodbek Mamajonov yosh bokschini sinovdan o‘tkazadi
Professional ringdagi faoliyatini o‘n yil muqaddam boshlagan o‘zbekistonlik Sherzodbek Mamajonov 2 may kuni Rossiyada bo‘ladigan musobaqada navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Tajribali bokschimiz bu gal rossiyalik Zaur Abdullaevga qarshi ringga ko‘tariladi.
29 yoshli Sherzodbek shu kungacha 32 ta uchrashuvda qatnashgan. Xonobodlik charm qo‘lqop ustasi shu janglardan 10 tasida g‘alaba qozongan, to‘rt marotaba durang qayd etgan va 18 ta bahsda raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
23 yoshli Zaur Abdullaev esa katta ringdagi faoliyatini bu yil boshladi va ketma-ket ikkita uchrashuvda zafar quchdi.
Bokschilar o‘rtasidagi reyting jangi olti raund qilib belgilandi.

Fikrlar