
Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini qanday nokautga uchratdi? (video)
O‘zbekistonlik engilmas bokschi Shohjahon Ergashev bugun o‘zining profi boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu safar unga meksikalik Abdiel Ramires (24-4-1) raqiblik qildi. AQShning Oklahoma shtatida kechgan jang yurtdoshimizning to‘liq ustunligida o‘tdi va Ergashev 4-raundda raqibini nokautga uchratishga erishdi.
Shu tariqa Ergashev profi boksdagi 17-g‘alabasiga erishdi. Shularning 15 tasida esa u jangni muddatidan oldin tugatishga erishgan.
Quyida hamyurtimizning qanday g‘alaba qozonganini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar