Shohrux Ashurov Vetnamda jang qiladi
Professional bokschimiz Shohrux Ashurov 25 avgust kuni Vetnamning Xo Shi Min shahrida navbatdagi reyting jangini o‘tkazadi. Unga janubiy koreyalik Jung Son Kang raqiblik qiladi. Koreys bokschisi profi ringda 10 marotaba jang o‘tkazib, ularning to‘qqiztasida g‘alaba qozongan. Bir marotaba esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Hamyurtimiz esa, uch marotaba jang qilib, ikki bor zafar quchgan va bir marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar