Shomurodov gol urganidan keyin o‘tkir fikr bildirdi!

  • 9 sentabr, 2022, 11:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma”da qolgan Eldor Shomurodov yangi mavsumdagi gollari hisobini ochish uchun bir necha daqiqa kifoya qildi. Joze Mourino A Seriyaning beshinchi turida legionerimizni “Udineze”ga qarshi bir necha daqiqa o‘ynatgan edi xolos.

UEFA tasnifidagi xalqaro turnir – Evropa ligasi guruh bosqichi birinchi turida portugaliyalik mutaxassis Bolgariyada “Ludogorets” bilan og‘ir uchrashuvda o‘zbek hujumchisiga ko‘proq imkoniyat berishga qaror qildi.

Eldor-Shomurodov-703x400

O‘yinda o‘zini ko‘rsatolmagan Andrea Belotti o‘rniga maydonga tushgan hamyurtimiz jismoniy holati Italiya terma jamoasi a’zosidan ancha ustun ekanini namoyish eta oldi. Eldor o‘yinga tushishi bilan bir to‘p farqi bilan hisobda ortda borayotgan “bo‘rilar”ning o‘yini sezilarli darajada jonlandi.

Shomurodov 86-daqiqada Lorentso Pellegrining superpasidan so‘ng, boshi bilan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq, rimliklarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. “Ludogorets”ning javob hujumi yana gol bilan yakunlandi.

Eldor o‘yin oxirida yana hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandi. Lekin uning zarbasi biroz noaniq ketdi va bu to‘pni Paulo Dibala etib kela olmadi.

Uchrashuvdan keyin Shomurodov o‘z fikrini bildirdi.

- O‘yin juda og‘ir o‘tdi. Chunki maydonning sifati u qadar yaxshi emas ekan. Lekin bu bizni oqlamaydi. Biz har doim g‘alaba qozonishimiz kerak. Buning uchun oldinda vaqt bor.

Bu bahs yakunlandi. Endi keyingisi haqida o‘ylao‘ kerak. Chunki vaqt u qadar ko‘p emas. Atigi uch kundan keyin A Seriyada yana bellashuvga kirishamiz, - dedi Eldor Shomurodov.

Darhaqiqat, “Ludogorets” va “Roma” uchrashuvi boshlanishidan oldin Sky Sport nashri jurnalisti Anjelo Manjante Ragrad shahridagi “Ludogorets Arena” maydonining ahvoli ancha yomon ekanini yozgan edi. Mutaxassislar bunga maydonda qo‘ziqorinlar o‘sib chiqqanini sabab qilib ko‘rsatgan.

Razgraddagi mag‘lubiyatli bahsdan keyin Eldor Shomurodovga golli pas uzatgan Lorentso Pellegrini ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bellashuv davomida ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Dushanba kuni bo‘ladigan o‘yingacha o‘zimizni yig‘ishtirib olishimiz kerak. Biz bugun g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Himoyadagi xatolardan ko‘ra, oldingi chiziqda foydalana olmagan imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi.

Biz ishtiyoqni yo‘qotib qo‘ymasligimiz muhim. Har doimgidek o‘z ustimizda qattiq ishlashimiz talab etiladi.

Ketma-ket ikkita mag‘lubiyatdan keyin bo‘lajak bellashuvda o‘zgarganimizni ko‘rsata olishimiz lozim, - dedi Lorentso Pellegrini.

c54485d163f3532a9a5a94ff1459ef03

Evropa ligasining S guruhidagi ikkinchi uchrashuvida Ispaniyaning “Betis” jamoasi Finlyandiyada XIK futbolchilari 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Roma” turnirdagi ikkinchi bellashuvni 15 sentyabr kuni o‘z maydonida XIK jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ungacha Joze Mourino shogirdlari 12 sentyabrda A Seriya doirasida “Empoli” mehmoni  bo‘ladi.

Rasman! Shomurodovga qiziqqan murabbiy ishdan olindi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!