
Shomurodov "Instagram" sahifasiga motivatsion post joyladi
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Kaldara 43-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada legionerimiz Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi.
Qayd etish lozim, mazkur gol Eldorning "Spetsiya" tarkibidagi debyuti hisoblanadi. Shuningdek, u joriy mavsum A Seriyada ham gol urmagandi.
Bellashuvdan so‘ng legionerimiz o‘z "Instagram" sahifasiga post joylashtirdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ushbu libosda ilk golimni kiritganimdan xursandman. Bunda jamoaning say-harakatlarini katta. Keling, faqat oldinga intilamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
Fikrlar