Shomurodov ishtirokidagi o‘yin RPL tarixiga kirdi

  • 2 iyul, 2020, 01:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya chempionati 25-turida "Rostov" "Krasnodar" (1:1) bilan durangga imzo chekdi.

Tecno

Uchrashuv qo‘shib berilgan daqiqalar bilan jami 111 daqiqa 15 sekund davom etdi va RPL tarixidagi eng uzun davom etgan o‘yin sifatida qayd etildi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 59-daqiqada sariq kartochka oldi va uch daqiqadan so‘ng zaxiraga olindi.

Ushbu sariq kartochka Shomurodov uchun mavsumdagi beshinchisi bo‘ldi va endi u "Rostov"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!