
Shomurodov jamoasi karantin qoidasini buzdi
Rossiya Premer-ligasining bir necha klublari ruxsatsiz o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qilib, karantin qoidasini buzgani aniqlandi.
Xususan, “Rubin” o‘z qarorgohida “Tambov” futbolchilari bilan nazorat o‘yinida maydonga tushdi. O‘zbekistonlik hujumchi to‘p surayotgan “Rostov” klubi “Chayka” bilan kuch sinashdi.
Rossiya Premer-ligasi va Rossiya futbol ittifoqi rahbariyati klublarga o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish uchun ruxsat bermagan. Lekin oliy divizion klublari chempionat o‘yinlariga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘zaro sinov-nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishni ma’qul ko‘rmoqda.
Fikrlar