Shomurodov jamoasini o‘zgartiradi! Taniqli insayder bu haqida xabar berdi

  • 29 dekabr, 2022, 22:02
  • 0
  • Futbol

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettirish arafasida. 

Taniqli insayder Janluka Di Martsio bergan xabarga ko‘ra, Turinning "Torino" klubi Eldorni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishgan. 

Rimliklar 27 yoshli o‘zbekistonlik hujumchini sotish niyatida. Klub u uchun kamida 10 million evro so‘ramoqda. Turinliklar esa ijaraga olish taklifini ilgari surayotgandi. Hozircha muzokaralar davom etmoqda. 

Avvalroq, Shomurodovga "Kremoneze" jamoasidan ham qiziqishlar bo‘layotgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!