Transfer bozori oldidan Shomurodovning narxi qancha?

  • 4 iyul, 2020, 05:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa futbol klublari yozgi transfer bozoriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu jarayonda har bir klub o‘z ixtiyoridagi futbolchilarning transfer baholarini bir ko‘zdan kechirib olmoqda. Xususan, rossiyalik mutaxassislar Transfermarkt portali ma’lumotlari asosida koronavirus pandemiyasining premer-ligasi jamoalari futbolchilarining transfer summalariga ta’sirini o‘rganib chiqdi.

Rus futbolchilarining narxi tushib ketdi

Hisob kitoblarga qaraganda, Rossiya premer-ligasida to‘p surayotgan futbolchilarning umumiy transfer summasi yil boshidan buyon sezilarli darajada pasaydi. Transfer narxi 213 million evroga tushib ketdi.

Pandemiyadan eng katta zarar “Zenit”ga etdi. Sankt-Peterburg jamoasi futbolchilarining umumiy narxi 41 million evroga arzonladi. Shunday bo‘lsa-da, “Zenit” eng qimmat klub bo‘lib qolmoqda. Bu klub futbolchilarining narxi 164,6 million evroni tashkil qilmoqda.

rb-lejpcig-zenit-prognoz_15716707331884506326

“Rostov”da vaziyat barqaror

“Rostov” Moskva yoki Sankt-Peterburg jamoalarichalik ziyon ko‘rgani yo‘q. Pandemiyaning transferlar summasiga ta’siri u qadar kuchli bo‘lmadi.

Rostovliklar tarkibida eng qimmat futbolchi Eldor Shomurodov. Garchi uning transfer summasi yanvar oyidan beri 1,3 million evroga arzolagan bo‘lsa ham, eng qimmat futbolchi maqomi o‘zbek futbolchiga tegishli bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 5,2 million evroga teng.

Umuman olganda esa, Eldor Shomurodovning transfer summasi muntazam o‘sib borganini ta’kidlash joiz. 2017 yilda “Rostov”ga ko‘chib o‘tgan vaqtida uning transfer narxi 750 ming evroni tashkil qilardi. Qisqa fursatda bu ko‘rsatkich bir necha barobar oshdi. O‘tgan yilning oxirida 6,5 million evrogacha ko‘tarildi.

5d512d2e370f2c9b738b45a7

Ommaviy axborot vositalarida Eldor Shomurodovga Moskvaning “Spartak”, Germaniyaning qator klublari, xususan “Shtutgart” va “Shalke 04” jamoalaridan takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar chiqmoqda. Futbolchining o‘zi kuchliroq chempionatlarda omadini sinab ko‘rishga tayyor.

“Rostov”ning eng qimmatbaho futbolchilari uchligida Eldor Shomurodovdan keyingi o‘rinlarda norvegiyalik Matias Normann (4,8 million) va finlyandiyalik Roman Eryomenko (3,2) bor

unnamed_11

Shomurodov “Napoli”, “Sevilya”, “Atletiko” hujumchilaridan oldinda!

 

Shomurodovsiz Rossiya chempionati jozibasini yo‘qotadi

 

Normann MYuga o‘tishdan ko‘ra, Shomurodov bilan to‘p surishni ma’qulladi

Rossiyada braziliyaliklar eng qimmat

Rossiya premer-ligasi futbolchilari orasida eng qimmatlari braziliyaliklar hisoblanadi. Lekin ularning narxi ham tushib ketdi. Xususan, Malkomning transfer summasi 7,5 million evroga arzonlashdi va bugun braziliyalik charm to‘p ustasi 30,5 million evroga baholanmoqda. Kuchli uchlikdan Rossiya pasportini olgan braziliyalik Mario Fernandes (24 million) va xorvatiyalik Nikola Vlasich (17,5 million) o‘rin olgan.

eade0edc2102fb8c0c58a6096578262b5d447c83e882d918546853

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!