
Shomurodov masalasi nima bo‘ldi? Evropada qanday transferlar amalga oshdi? Barchasi haqida batafsil
Transfer oynasining so‘nggi soatlari o‘ziga xos intriga taqdim etmoqda. Jumladan, bir qator klublar kutilmagan xaridlarni amalga oshirdi. Shuningdek, uzoq kutilgan transferlar tezlashib ketyapti. Quyida amalga oshgan va kutilayotgan transferlar ro‘yxati bilan tanishing.
ShOMURODOV MASALASI! Shomurodovga "Shtutgart" klubidan taklif kelib tushgan. "Roma" so‘nggi kunlarda Italiya klublariidan kelgan takliflarni ham ko‘rib chiqdi. Ammo kelishuv amalga oshmadi. Katta ehtimol bilan Eldor "Roma"da qoladi.
Amalga oshgan transferlar
Serjino Dest "Milan" futbolchisi. Ijara. Sotib olish bandi bilan.
Villian "Fulxem" bilan 2023 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
"Nyukasl" darvozaboni Martin Dubravkani MYu ijaraga oldi.
PSJ Drakslerni "Benfika"ga bir mavsumga ijaraga berdi
Idris Gana Gueye "Everton" futbolchisi. (2 yillik shartnoma)
Paredes "Yuventus"ga ijaraga berildi. (22.5 million evroga sotib olish band ham bor)
Manuel Akanji "Manchester Siti" futbolchisi. Transfer narxi - 17.5 million evro.
Kutilmoqda
Obameyang - "Chelsi" futbolchisi
Belerin va Alonso - "Barsa" futbolchisi
Marselo - "Lester" futbolchisi
Breytueyt - "Espanol" futbolchisi
Depay - MYu futbolchisi
Artur - "Liverpul" futbolchisi
Alba - "Inter"ga ijara
Jeremi Boga - "Lester"
Fikrlar