
Shomurodov o‘ynamagan uchrashuvda Raneri A Seriyada murabbiy sifatidagi 450-uchrashuvini o‘tkazdi
Italiya chempionatining 13-turida "Kalyari" o‘z uyida "Montsa"ni qabul qildi va o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Legionerimiz Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.
Bu uchrashuv Klaudio Raneri uchun A Seriyadagi faoliyatidagi 450-yubiley o‘yini bo‘ldi. Italiya chempionatining navbatdagi turida "Kalyari" Rimda "Latsio" bilan mehmonda bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Klaudio Raneri shogirdlari Italiya chempionati turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar