Shomurodov o‘ziga keldi!

  • 17 sentabr, 2023, 19:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning to‘rtinchi turida “Kalyari” o‘z maydonida “Udineze” futbolchilarini qabul qildi. Har ikki jamoa yangi mavsumda hali g‘alaba qozonmagani uchun o‘zaro bahsda uch ochkoni ko‘zlab o‘ynadi.

Tecno

O‘yinda hisob ochilmadi. Tomonlar bittadan ochkoni qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, hozircha “Udineze” ham, “Karlyari” ham musobaqa jadvalining quyi qismida qolib ketgan.

Uchrashuvda Eldor Shomurodov 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Hamyurtimiz milliy terma jamoa yig‘indan so‘ng, jismoniy holatini ancha yaxshilab olganini namoyish qildi.

9e7df75d672d261e5e7cea547db4efe8

Italiya futbolini yoritib kelayotgan https://www.tuttocagliari.net sayti ekspertlari “Kalyari” futbolchilarining o‘yinini baholash jarayonida Eldor Shomurodov harakatlarida ijobiy o‘zgarish bo‘layotgani qayd etdi.

Boris RADUNOVICh 6,5:

O‘z darajasida o‘ynadi. Bir vaziyatda jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Bir ochko olinishida darvozabonning hissasi katta.

Matuesh VIETESKA 6:

Harakatlarini toza bajardi, xavfsi va aniq o‘ynadi. Lekin o‘yin oxirida darvozabonga pas berib, Radunovichni qiynab qo‘ydi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida ikkinchi ogohlantirishdan so‘ng, maydondan chetlatildi.

Alberto DOSSENA 6.5:

Himoyadagi vazifalarini bajarishda raqib hujumchilariga imkon bermaslik Dossena uchun odatiy holga aylanib bormoqda.

Pantelis XATsIDIAKOS 6.5:

Uch himoyachi o‘ynagan sxemada chap qanotda to‘liq ustunlikni ta’minladi.

Gabriele DZAPPA 6:

Juda yaxshi o‘ynadi. Maydon markazi va o‘ng qanotda samarali harakat qildi. Hujum chizig‘ina bir necha marta aniq pas berdi.

Antuan MAKUMBU 6:

Raqib to‘pularini qaytarishda faol o‘ynadi.

Matteo PRATI 6,5:

Ikki oyog‘ida ham yaxshi o‘ynay olish qobiliyatini namoyish qildi. O‘ziga bo‘lgan ishonch yuqoriligini ko‘rsatdi. Pressingdan chiqishda foydali harakatlar qildi.

Alessandro DEYOLA 5:

Yauniy zarba berishda ko‘p xato qildi. Hujumchi bo‘lmasa-da, to‘rtta qulay vaziyatni barbod qilgani jamoani ikki ochkodan ayirdi.

Tommazo AUJELLO 6:

Beshinchi yarim himoyachi sifatida qanotlardan to‘pni hujum markaziga etkazib berishga harakat qildi. Charchagani sababli o‘rnini 67-daqiqada Paulo Atstsiga bo‘shatib berdi.

Paulo ATsTsI 6:

Tezkorligini namoyish qildi. Maqsadli o‘ynadi.

Leonardo PAVOLETTI 5.5:

Tashabbusni o‘z zimmasiga olishga urindi. Lekin aksariyat vaziyatlarda buni uddalay olmadi. Bir soat o‘ynab, o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Eldor ShOMURODOV 6:

Nihoyat, Shomurodov o‘ziga keldi. Bu uchrashuvda hujumga katta yordam bera olishini ko‘rsatdi. Bir necha marotaba aniq paslar bilan jamoadoshlarini golli vaziyatlarga chiqardi. Biroq uning urinishlarini gol bilan yakunlaydigan futbolchi topilmadi.

Shoma-cagliari-udinese

Zito LUVUMBO 7:

Eng faol o‘yinchilardan bo‘ldi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda raqib himoyachilarini ancha qiynadi. Omad etishmagani tufayli bir zarbasi ustunga tegib qaytdi.

Klaudio RANЬERI  6.5:

Raqibning o‘yin xarakteristikasidan kelib chiqib, 3-5-2 sxemasidan foydalandi. Bu tanlov to‘g‘ri bo‘ldi. Biroq shogirdlari qulay vaziyatlardan foydalana olmaganida Ranerining aybi yo‘q.

Frantsuzlar Husanovdan hayratda!

Rossiya futbolining eng yorqin yulduzlari endi Fayzullaevga muxlislik qiladigan bo‘ldi

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

Tezkor: Bugun “Lans” Husanovni o‘ynatishga majbur. Sababi...

Mbappeni olishni hech kim taklif qilmagani uchun Shomurodov olindi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!