
Shomurodov raqobatchilarida koronavirus aniqlandi
“Roma” asosiy tarkibinning ikki futbolchisida koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Kasallangan o‘yinchilarning nomi boshida sir tutililgan bo‘lsa-da, ayrim manbalar ular Stefan El-Shaaravi va Borxa Mayoral ekani aytilmoqda. Hujum chizig‘ida Eldor Shomurodovning raqobatchisi bo‘lgan har ikki futbolchi virusga qarshi emlangan bo‘lgan.
- Klub so‘nggi test natijalarida asosiy tarkibning ikki futbolchisida koronavirus aniqlanganini tasdiqlaydi. Sog‘liqni saqlash organlari zudlik bilan xabardor qilindi. Vaktsina olgani har ikki o‘yinchimiz o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ular karantinga olingan, - deyiladi “Roma” klubining rasmiy saytidagi bayonotda.
“Roma” A Seriyaning 19 ta uchrashuvida 32 ochko jamg‘arib, oltinchi o‘rinda bormoqda. Rimliklar navbatdagi uchrashuvni 6 yanvar kuni safarda “Milan”ga qarshi o‘tkazishi lozim.
Fikrlar