
Shomurodov "Spetsiya"ning eng yomon futbolchisi (Ballar)
A Seriya 36-tur doirasida "Lechche" - "Spetsiya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Mazkur bellashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Spetsiya" safida asosiy tarkibda maydonga tushirildi va 63-daqiqada zaxiraga olindi.
Ahamiyatlisi, jamoalar uchrashuvda atigi bittagina aniq zarba yo‘llay olishdi. U ham bo‘lsa, mezbonlar hisobiga qayd etildi.
O‘yindan so‘ng taniqli "SofaScore" portali futbolchilarni baholab chiqdi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov jamoasi safida eng past ballga loyiq ko‘rildi (6.1).
Fikrlar