Shomurodov taslim bo‘lgani yo‘q!

  • 20 sentabr, 2022, 21:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining ettinchi turi markaziy uchrashuvida “Roma” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida asosiy raqobatchilaridan biri – “Atalanta”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Bu mag‘lubiyat rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino uchun juda alamli bo‘lganini ta’kidlash lozim.

Tecno

Italiyaning sportga ixtisoslashgan eng nufuzli nashrlari chempionat o‘yinlari va futbolchilarning ishtirokini tahlil qilishda davom etmoqda.

BIG-WhatsApp-Image-2022-09-19-at-07.34.25

La Repubblica gazetasi jurnalist Andrea Di Karloning Eldor Shomurodov haqidagi maqolasini e’lon qildi.

- “Roma” va “Atalanta” uchrashuvi Eldor Shomurodov uchun “yopiq eshiklarni ochish” uchun juda yaxshi imkoniyat edi. Aniqrog‘i, o‘zbekistonlik legionerda keraksiz o‘yinchidan o‘yin qahramoniga aylanadigan vaziyat yuzaga kelgandi.

Maydonni kam ko‘rganingdan keyin o‘zingga berilgan kichik imkoniyat ham oltindek tovlanadi va uni qo‘ldan chiqarish seni qayg‘uga botiradi. “Olimpiko” qaynayotgan paytda o‘zbek hujumchisiga ikki bor ozgina aniqlik etishmadi.

Yana bir vaziyatda bir necha himoyachilarni ortda qoldirib, vaziyatdan chiqishning eng sodda yo‘lini tanladi va Belottiga to‘pni oshirishga qaror qildi. Buni eng to‘g‘ri qaror deyish qiyin. To‘p manzilga etib bormadi, qaytarildi.

“Olimpiko” uchun achchiq alam keltirgan bu o‘yinda “Roma” 21 marotaba zarba yo‘lladi, ularning orasida Shomurodovning ham urinishlari bor.

Joze Mourino Bolgariyada “Ludogorets” bilan o‘yinda gol urgan Eldor Shomurodovdan yana bir bor  foydalanib ko‘rmoqchi bo‘ldi va butun yoz davomida jamadonini qo‘ldan qo‘ymagan hujumchini maydonga tushirdi.

Eng e’tiborli jihati, o‘zbekistonlik legioner Trigoriyadagi javonini Andrea Belottiga bo‘shatib berishi kutilgan edi. Taqdirni qarangki, bu ikki hujumchi “Atalanta”ga qarshi bellashuvni elkama-elka yakunladi, - deb yozdi taniqli jurnalist  Andrea Di Karlo.

roma-atalanta-0-1-decide-un-gran-gol-di-scalvini-nerazzurri-in-vetta-con-il-na_5474acc8-377d-11ed-974d-1e8c8a92a590_700_455

Ta’kidlash joizki, mutaxassislar “Roma” hujum chizig‘ida vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha muammo kuzatilmoqda. O‘tgan mavsum asosiy to‘purarga aylangan Temmi Abraxam o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. “Atalanta” bilan bo‘lgan o‘yindan keyin angliyalik futbolchi samarasiz o‘yini uchun muxlislardan uzr so‘radi.

Rimliklarning etakchisiga aylanib olgan Paulo Dibala mashg‘ulotda jarohat olgani uchun “Olimpiko”dagi o‘yinda ko‘rinish bermadi. Jamoa hujumlarini tashkil qilishda juda foydali bo‘lgan Lorentso Pellegrini ham mushaklaridagi shikastlanish sababli o‘z darajasida o‘ynay olmadi.

Nikolo Dzanolo endi jarohatdan qutildi va hali yuqori sport formasiga chiqqani yo‘q. Stefan El-Shaaravi ham salomatligini tiklash bilan band.

Hozir “Roma” hujumchilari orasida Andrea Belotti va ayniqsa, Eldor Shomurodov yaxshi sport formasida. Biroq, Joze Mourino o‘zbek hujumchisiga ishonch bildirishdan ko‘ra, maydonda yo‘qolib qolayotgan Temmi Abraxamga ko‘proq suyanmoqda.

Eldor Shomurodov esa, raqobatda taslim bo‘lgani yo‘q, u murabbiylar shtabi yana qachon maydonga tushirishini va o‘sha payt berilgan imkondan unumli foydalanib qolishni kutish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Ungacha mamlakatimizning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi Srechko Katenets taklifiga binoan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida ishtirok etadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Janubiy Koreyada o‘tkazadi va safar davomida jahon chempionati ishtirokchilari -  Kamerun va Kosta-Rika futbolchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashadi.

e367ebfcd0a993d93c1c0fe5898ebe47

Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 56 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qilgan. 

Ekspertlar bahosi: Shomurodov qahramon bo‘lishi mumkin edi...

Shomurodovga bir qarab qo‘y, Mourino!

Shomurodovni olmoqchi bo‘lganimiz yolg‘on!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
20/09/2022 00:14
Админлар шомуродовга хаддан ошиқ пахта қўйворябсизлар. Уни ёмонини яшириб, яхшисини ошириб маддохларча реклама қилябсанлар.
Шухрат Хусаинов
20/09/2022 09:28
Яхшиямки запасда экан асосий уйинчи булса борми?
Шухрат Хусаинов
20/09/2022 09:25
Золотой запас олга
&
Axmad
21/09/2022 00:21
Hali hammasini vaqt kursatadi nima bulishini