
Shomurodov to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan o‘yinda "Spetsiya" mag‘lub bo‘ldi
Italiya A Seriyasining 32-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Montsa" bahsi o‘z yakuniga etdi. Uchrashuv mehmonlarning 0:2 hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi. "Spetsiya" safida harakat qiladigan legionerimiz Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
Dastlab, birinchi taymning 21 daqiqasida "Montsa" yarim himoyachisi Patrik Churria jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi.
O‘yinning 90+3 daqiqasida Karlos Augusto ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shomurodor mazkur bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar