Shomurodov transferining yangi tafsilotlari

  • 2 oktabr, 2020, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Shomurodovning «Rostov»dan «Jenoa»ga transferi joriy haftaning eng ko‘p muhokama qilinayotgan dolzarb mavzusiga aylandi. Chunki, Rossiya premer-ligasidan Evropaning kuchli beshlik chempionatlariga futbolchi transfer qilish kam uchraydigan voqelikdir. Mashhur ligalar jamoalari Rossiya futbol bozoriga kamdan-kam, faqat o‘ta iqtidorli futbolchini ko‘rgandagina kiradi.

Aslida bir yil muqaddam ham o‘zbekistonlik to‘purarning Evropaning kuchli beshlik chempionatlariga o‘tishi haqidagi xabarlar qaynagan edi. Ayniqsa, Bundesliga vakillaridan “Shtutgart” va “Shelke” turli bonuslar ilan 10-15 million evro atrofida mablag‘ taklif qilgani nufuzli ommaviy axborot vositalari yangiliklar lentasida aylangan edi.

Sir emaski, aksariyat chempionatlarda transfer oynasi yopilishiga bir necha kun qolganida ko‘zlab yurilgan futbolchilarni xarid qilish uchun amaliy qadamlar tashlandi. Xususan, Shomurodov oldida birdaniga “Jenoa”, “Fiorentina”, “Verona”, "Shtutgart" va “Selta” variantlari paydo bo‘ldi va transfer summasi 12 million evrogacha bo‘lgan raqamlarda aks etdi.

“Rostov” birinchi bo‘lib rasmiy murojaat yuborgan “Jenoa” bilan ishni oxirigacha olib borishga qaror qildi. Garchi dastlabki 8 million evrolik taklif  rad etilgan bo‘lsa-da, italiyaliklar Eldorga xaridor ko‘payib ketayotganini inobatga olib, yana bir million qo‘shdi va hujumchining keyingi transferidan yana 15 foiz ulush ajratishga qaror qildi.

Bugun ma’lum bo‘lishicha, “Jenoa” miqdori rasman e’lon qilinmagan transfer summasini uchga bo‘lib to‘laydi. Eldorning transferi bilan Gabriel Juffrid oilasi shug‘ullangani aytilmoqda. Bu mutaxassis  yaqinda “Lokomotiv” etakchisi Aleksey Miranchukni “Atalanta”ga joylagan edi.

Kecha yo‘lga chiqib, o‘z agenti German Tkachenko bilan Genuyaga etib kelgan Eldor Shomurodov aeroport yaqinidagi mehmonxonadan joy oldi.  Hamyurtimizni aeroportda “Jenoa” vakillari bilan bir qatorda jamoaning o‘ndan ziyod ashaddiy muxlislari kutib oldi.

1200_1200_max_8

Endi Eldor Shomurodov tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng, yangi jamoasi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. “Jenoa” hamyurtimizning yillik maoshini 600-700 ming evro qilib belgilashi kutilmoqda.

Shu o‘rinda, o‘tgan yili A Seriyada jon saqlab qolgan “Jenoa” yozda tarkibni ancha yangilaganini ta’kidlash lozim. O‘tgan mavsumda hujumda to‘p surganlardan faqatgina mashhur futbolchi Goran Pandev qoldi. Keyinroq, erkin agent sifatida Mattia Destro safga qo‘shildi va “Yuventus”dan Marko Pyatsa ijaraga olindi. Ayni paytda jamoa tarkibida Mattia Perin, Federiko Marketti, Kristian Sapata, Domeniko Krishito, Davide Dzappakosta, Luka Pellegrini, Valon Bexrami, Goran Pandev kabi mashhur futbolchilar to‘p surmoqda.

“Jenoa” o‘yinda asosan 3-5-2 sxemasini qo‘llaydi. Ikki nafar hujumchiga tezkorlik va raqib himoya chizig‘iga bosim uyushtirish yuklanadi. Yarim himoya va mudofaa vakillari hujumchilarga uzoq masofadan aniq to‘p oshirishga harakat qiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu o‘yin uslubi bo‘yi baland, bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan va tezkor Eldor Shomurodov uchun juda mos. Italiyaliklar ham o‘zbek futbolchisini taklif qilishdan oldin uning imkoniyatlarini har jihatdan o‘rganib chiqqani aniq.

Buyog‘iga Eldordan jamoadoshlari yaratib bergan imkoniyatlarni golga aylantirish talab etiladi. Eng muhimi, Shomurodov A Seriya o‘yinlari orqali Krishtianu Ronaldu, Romelu Lukaku, Lautaro Martines, Zlatan Ibrohimovich, Andrea Belotti, Chiro Immobile kabi hujumchilar bilan raqobatlashadi. Bu uning hujumchi sifatida o‘sishiga yordam beradi. Zero, “Jenoa” Diego Milito, Marko Borello, Tiagu Motta, Ernan Krespo, Rodrigo Palasio, Sebastyan Frey, Alberto Jilardino va Stefan El-Shaaravi kabi jahon futboli yulduzlarining porlashiga mustahkam poydevor bo‘lgan. Demak, Eldorning kelajakda qanday darajaga chiqishi faqat o‘zining qo‘lida.        

Shomurodov Italiyaga uchib ketdi

“Jenoa” futbolchilari Shomurodovni kutib ololmaydi

Yangi ma’lumot. Shomurodov Italiya klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi

Shomurodov eng zo‘r futbolchilar termasiga kiritildi (foto)

Shomurodovning narxi qancha? “Rostov” “Jenoa”ning 8 millionini mensimadi yoxud Eldorga Evropadan yana uchta taklif bor

"Jenoa" Eldor Shomurodovni olyapti

Kanchelskis Shomurodovga Evropa futbolida o‘ynash usulini o‘rgatdi. Eldorni Ronaldu bilan raqobat kutmoqda

Shomurodov transferi bo‘yicha tezkor ma’lumot. “Rostov” Eldorni qo‘yib yubormayapti

“Rostov” Shomurodov o‘rniga Buxoroda tug‘ilgan hujumchini oladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
UFC UZBEKISTAN
02/10/2020 11:14
Тренери ким Дженоани? Хеч ким ёзмайдия шуни. Унинг фикри қандай Элдор хақида?
&
Окаси
02/10/2020 12:03
Страна Генуя, Италия
Тренер Роландо Маран (Италия)
Alijon Shomirzayev
02/10/2020 13:40
Omad Shoma