Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Roma" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasi 18-turi doirasidagi "Atalanta" va "Roma" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga etdi. Unda mehmonlar 4:1 hisobida zafar quchdi.
Bergamoliklar tarkibida Brian Kristante tomonidan urilgan yagona golga rimliklar Abraxamning dubli, shuningdek, Zanolo va Smollingning gollari evaziga javob qaytardi. Shomurodov 70-daqiqada maydonga tushdi.
Shu tariqa, "bo‘rilar" ochkolari sonini 31 taga etkazib olgan holda, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 37 ochkosi bor "Atalanta" 3-pog‘onani band etgan.

Fikrlar