
Shomurodovga muxlislik qilgan bolaning orzusi ushaldi
Rostovlik 15 yoshli maktab o‘quvchisi Nikolay Trifomenko ilk bor o‘zi muxlislik qiladigan “Rostov” jamoasining o‘yinini bevosita stadiondan tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Ko‘p bolali oila farzandi bo‘lgan Nikolay sportga qiziqadi. Shuning uchun u tahsil oladigan maktab direktori viloyat rahariyatiga bolani rag‘batlantirishni so‘rab, murojaat qilgandi.
Yaqinda qishloq maktabi o‘quvchisi orzusi ro‘yobini ko‘rdi. Uni ustozi bilan birga “Rostov” – “Zenit” uchrashuvini tomosha qilish uchun “Rostov-Arena”ga taklif qilishdi.
- Biz o‘yinni VIP-zonadan tomosha qildik. Hammasi ajoyib bo‘ldi. Eng muhimi, Kolyaning orzusi ushaldi, - dedi maktab direktori Roman Korchakov.
- Eldor Shomurodov va Xoren Bayramyan – mening “Rostov”dagi kumirlarim. Ularning o‘yinini katta qiziqish bilan tomosha qildim. Afsuski, yutqazib qo‘ydik. Lekin o‘yinning o‘zi rosa yoqdi. “Rostov-Arena” zo‘r stadion ekan. Hammaga aytyapman – orzuim amalga oshdi, - dedi Kolya.
Fikrlar