Shomurodovni bezovta qilmang! Eldor bo‘yicha “Roma”ga bosim bo‘lyapti...

  • 1 fevral, 07:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” muxlislari Evropa ligasi umumiy bosqichidagi so‘nggi va hal qiluvchi uchrashuvda “Ayntraxt” darvozasini ishg‘ol qilib, rimliklarni keyingi bosqichiga yo‘llanma olishiga hissa qo‘shgan Eldor Shomurodovni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Poytaxtning talabchan muxlislari “Roma”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali Klaudio Raneri boshchiligidagi murabbiylar shtabidan o‘zbek futbolchisiga ko‘proq imkoniyat berishini,  klub mutasaddilaridan esa, mehnatkash futbolchini jamoada olib qolishni so‘rayapti.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini legionerimiz atrofida bo‘layotgan fikr-mulohazalar bilan tanishtirishda davom etadi.

Riccardo Vitale:

Eng avvalo, Eldorni jamoaga va ishga bo‘lgan munosabatini qadrlash kerak. Shomurodov klub undan qutilmoqchi bo‘lib turgan pallada ham borini berib o‘ynayapti. Artyom Dovbik shunday qilish kerakligini tushunib etgani yo‘q.

Pietro Garofoli:

Shomurodovga balli, u o‘zining harakatchanligi bilan asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq ekanini isbotladi.

Cesare Corbelli:

“Roma”ga oldingi chiziqda tezkorlik etishmayapti. Shomurodov aynan mana shu xususiyatni ta’minlab berishi mumkin. Agar uni Dovbik bilan birga o‘ynatsa, Artyomga ko‘p qulay vaziyatlar yaratib beradi.

Rossano Zannotti:

O‘z o‘yinchilarini qadriga etmaslik faqat “Roma”ga xos xususiyat bo‘lsa kerak. Aks holda Shomurodovni yana ijaraga jo‘natishga harakat qilmasdi.

Aslida Eldor juda yaxshi o‘yinchi, qisqa vaqt berilayotganiga qaramay, har bir to‘p uchun kurashadi, har doim sadoqat va sifatini namoyish qilyapti. Bunaqa o‘yinchini qo‘yib yuborishdan avval, yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak.

Lazzaro Scacerni:

Agar Dovbikda Shomurodovning harakatini yarmi bo‘lganida ham 40 ta gol urgan bo‘lardi.

Giulio Gennarini:

Dovbik, sen Shomurodovning qanday o‘ynayotganini, harakatlarining aniqligini, darvozani topa olishini ko‘rdingmi? Essiz, uvol ketgan millionlar...

Patrizia Duchini:

Shomurodovni olib qolib, Dovbikni sotib yuboraylik...

Giuseppe Santopietro:

Menga Shomurodov har doim yoqqan. Texnikasi kuchli va qo‘lidan ko‘p narsa keladi. Maylonga tushganida raqib darvozasi oldida xavf yuzaga keladi. Aslida u bizda o‘ynab ketgan Andrea Belottidan ham zo‘r.

Mario Negri:

Artyom Dovbik ishonchni oqlamadi, Shomurodovga gap yo‘q.

Andrea Drago:

Bugungi kunda Shomurodovning qadriga etmayapmiz. O‘yinda unga ko‘proq vaqt berish kifoya. Ko‘pchilik muxlislar Eldor  o‘zini ko‘rsata olishiga ishonyapti.

Dani Caste:

Eldor – bizning qutqaruvchimiz!

Vincenzo D'elia:

Shomurodovni bezovta qilmang, joyida qolsin!

Alessandro Flavioni

Bu shaxsiy fikrim: Agar Shomurodovni asosiy tarkibda o‘ynatganimizda jamoa to‘plagan ochkolarga yana o‘nlab ochkolar qo‘shilgan bo‘lardi...

Paola Carta:0

Dovbik o‘ynasa, to‘pni to‘xtata olmaydi, to‘p sakramaydi, oldinga siljimaydi, bu qanaqa hujumchi o‘zi?

Ukrainalik futbolchiga Eldor Shomurodov haqiqiy hujumchi qanday bo‘lishini bir yarim daqiqa ichida ko‘rsatib qo‘ydi.

Felipe Ojos Pintados:

Shomurodovni muntazam o‘ynatish kerak. Eldorni jamoada olib qolib, yaxshisi himoyachi, yarim himoyachi olaylik. Ana juda kerak bo‘lsa, uchinchi hujumchi sifatida Betoni olib keling.

Pasquale Losacco:

Shomurodovni boshqa klubga berib yuborishdan oldin, yaxshilab o‘ylab ko‘rish shart. Dovbikka dam bering. Shomurodovni asosiy tarkibda o‘ynatish lozim.

Giovanni Maddalena:

Muxlislar fikri bo‘yicha Artyom Dovbikdan ancha kuchli bo‘lgan Eldor Shomurodovni ketkazish kerak emas, aksincha, ukrainalik o‘yinchini zaxiraga mixlaydigan boshqa hujumchi olib kelish kerak.

Federica Cichi:

Hamma Shomurodovning ko‘proq o‘ynashga loyiq ekanini his qilyaptimi yoki faqat menga shunday tuyulyaptimi?

Eldor Shomurodov joriy mavsumda uchta turnirda jami 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, umumiy hisobda 378 daqiqa o‘ynadi. Shunga qaramay, 29 yoshli hujumchi raqiblar darvozasiga uchta gol urdi va bitta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Депутат Уктамович
01/02/2025 10:42
Элдорни кадрига етмаяпти бу нодонлар, майдонга тушганда 80-90 % кора ишни Шома килаяпти, мухлислар кур эмас , омад Элдор укам,
&
Po`lat Polvonov
02/02/2025 06:00
Aссалому алекум алббатда биз Элдорни қўллаб қувватлаймиз Маур Элдорни хор қилди ўйин амалтёи бермади Маур ўзи хор бўлиб Туркияга кетди,мана хақиқат барибир Шома мухлислар қалбидан жой олиб бўлди олға Ўзбекистон!!! Элдор гол уришдан тўхтама.
&
Olim
01/02/2025 18:24
Элдор омадингни берсин.
Депутат Уктамович
01/02/2025 10:44
Лекин бошка лига-га утса яхши буларди.《бундеслига, Ла Лига, АпЛ бемалол уйнаб кетади》