
Shomurodovni qo‘lga kirita olmagan jamoa “Bavariya”dan hujumchi oldi
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha rimliklar bilan kelisha olmagan “Bolonya” o‘z safiga “Bavariya” hujumchisi Joshua Zirkzeeni qo‘shib oldi.
Bolonyaliklar niderlandiyalik futbolchi bilan 2026 yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma tuzdi. Transfer summasi bonuslar bilan 10 million evroni tashkil qildi.
Aslida “Bolonya” bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich Eldor Shomurodovni olib kelishni rejalashtirgandi. Lekin poytaxtliklar o‘zbek futbolchisi uchun taklif qilingan 10 million evroni kamlik qilishini bildirdi.
“Roma” Shomurodovni 12-14 million evroga baholagan edi.
21 yoshli Zirkzee o‘tgan mavsumni ijara asosida “Anderlext” jamoasida o‘tkazib, 47 ta uchrashuvda 18 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar