Shomurodovning do‘sti g‘aroyib natija qayd etdi

  • 20 aprel, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 33-turida “Napoli”ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Stefan El-Shaaravi mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Tecno

Asosiy vaqtdagi to‘xtalishlar o‘rniga qo‘shib berilgan kompensatsiya vaqtining ilk daqiqasida urilgan gol El-Shaaravi uchun o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi.

Italiyalik hujumchi A Seriyada “Sassuolo”, “Milan” va “Napoli” darvozasiga  kiritilgan gollarining barchasini asosiy taymlardagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan kompensatsiya vaqtlarida urgan. Bu Italiya chempionatida yaqqol rekord hisoblanadi.

Uning so‘nggi daqiqalardagi aniq zarbalari rimliklarga “Sassuolo” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba, keltirgan bo‘lsa, “Napoli”dan bir ochko olinishiga xizmat qildi.

Shuningdek, El-Shaaravi Konferentsiyalar ligasida ham raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.

Stefan El-Shaaravi 2021 yilning yanvaridan “Roma” sharafini himoya qilmoqda. Amaldagi shartnomasi kelasi yili yozda yakunlanadi.

29 yoshli futbolchi ilgari u A Seriyaning boshqa klublari – “Jenoa” va “Milan”da, Frantsiyaning “Monako”sida va   Xitoy chempionati vakili “Shanxay Shenxua”da to‘p tepgan.

Italiya milliy terma jamoasi safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti bor nishonga olgan.

Asli kelib chiqishi misrlik bo‘lgan futbolchi hamyurtimiz Eldor Shomurodov bilan juda yaxshi munosabatda. Buni ular gol urgan vaziyatda bir birini birinchilardan bo‘lib tabriklashidan ham bilib olsa bo‘ladi.

Qizig‘i, har ikki futbolchi ham hujum markazida va chap qanotda o‘ynay oladi.

b5932f5df0a4e0b28bd5ed0f38716a17-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0_1

Mourino Mxitaryanning jamoada qolishini istayapti

Joze Mourino va Genrix Mxitaryan “Manchester Yunayted”da birga ishlagan. O‘shanda armanistonlik futbolchi porutgaliyalik mutaxassisning tanqidlarini ko‘tara olmay, Angliya klubini tark etishga majbur bo‘lgandi.

Mourino “Roma”ni qabul qilib olganida, eski xotiralarni esga olgan Mxitaryan Rimdan ham ketishga hozirlik ko‘rgandi. Mourino eski mojaro futbolchining Rimdagi faoliyatiga ta’sir qilmasligini kafolatlaganidan keyin ular orasidagi sovuqchilik barham topdi.

Mourino qo‘l ostida Genrix ikkinchi yoshligini boshladi. Mourino uni turli pozitsiyalarda o‘ynatib ko‘rdi, natijada armanistonlik yarim himoyachi jamoaning eng asosiy figuralaridan biriga aylandi.

Tuttomercatoweb saytining ma’lum qilishicha, Mourino Mxitaryanni kelajakdagi rejalariga ham kiritgan.  33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi shu mavsum oxiriga borib yukunlanadi. Lekin Joze klub mutasaddilaridan uning shartnomasini uzaytirishni so‘ragan.

Oldinroq klub rahbariyati Mxitaryanga maoshi pasaytirilgan qisqa muddatli yangi bitim bergandi. Futbolchi uni qabul qilmadi.

Mxitaryan joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

rue4560ad223f

“Roma” va “Lester” bilan transfer bozorida ham uchrashadi

 UEFA Konferentsiyalar ligasida bir biriga to‘qnash kelgan “Roma” va “Lester” yozda o‘zaro o‘yinchi almashishi mumkin.

Joze Mourino uchun o‘ng qanot himoyachi bu mavsum og‘riqli nuqta bo‘lib qoldi. Bu qanotdagi muammolarni bartaraf etish uchun “Arseneal”dan ijaraga olingan Eynsli Meytlend-Nayls ham ishonchni oqlamadi. Natijada rimliklar uning shartnomasini sotib olish huquqidan foylanmaydi va angliyalik o‘yinchi mavsum yakunlanishi bilan Londonga qaytib ketadi.

Mourino bu pozitsiyada “Lester”da ishonchli o‘ynayotgan hamyurti Rikardo Perreyrani ko‘rmoqchi. Shu bois klub sport direktori Tyagu Pinto bu o‘yinchini olish uchun inglizlar bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Bu transferni amalga oshirish uchun rimliklar 20-30 million atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi. Biroq, “Roma” mutasaddilari “Lester”ga bu klub qiziqish bildirayotgan Jordan Veretuni olishni taklif qilyapti.

Frantsiyalik futbolchi Angliya premer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega. Shu bilan birga Mourino “Roma”ga “Portu”dan Serjiu Oliveyrani olib kelganidan keyin Veretu unga kerak bo‘lmay qoldi.

Bundan tashqari Frantsiya terma jamoasidan taklif ola boshlagan Jordan amaldagi shartnomasini uzaytirish uchun bir mavsumga 6 million evro miqdorida maosh talab qilayotgani ham rimliklarga to‘g‘ri kelmayapti.

1645199844_rica

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odilbek Abdushukurov
20/04/2022 17:35
Шомуродовга алоқаси йўқ буни. Тузукроқ сарлавҳа йўқми!?