
Shomurodovning o‘yinini stadiondan ko‘rish uchun nima qilish kerak?
“Rostov” jamoasi 19 iyun kuni safar uchrashuvida “Sochi” bilan bo‘ladigan uchrashuvini bevosita stadionda tomosha qilishni istagan muxlislari uchun talablarni e’lon qildi.
Sochi shahrida yashovchilar va kurortga kelgan mehmonlar karantin talablariga rioya qilgan holda stadionga kelishlari mumkin. Sochi mehmonlari buning uchun kurort va sanatoriy yo‘llanmasi, tibbiy ko‘rik xulosalariga ega, shaharga kamida 14 kun oldin kelgan bo‘lishlari shart. Shuningdek, koronavirusga chalinmagani haqidagi ma’lumotnomasi bor muxlislar ham stadionga kiritiladi.
Rossiya premer-ligasining 22-turidan so‘ng “Rostov” 38 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Rostovliklarning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov 11 ta gol bilan to‘purarlar bahsida ikkinchi pog‘onada qayd etilgan.
Fikrlar