Shomurodovning "Roma"si bugun A Seriyada navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi
Bugun Italiya A Seriyasida 31-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan “Roma” safarda “Sampdoriya” mehmoni bo‘ladi.
Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, “Roma” ayni damda chempionat musobaqa jadvalida 51 ochko bilan 7-o‘rinda, “Sampdoriya” esa 29 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar