Shomurodovning "Rostov"i Qatardagi kubokda ishtirok etadi
Rossiya premer-ligasida mavsumni ancha yuqori kayfiyatda o‘tkazayotgan “Rostov” 1-9 fevral kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida o‘tkaziladigan Parimatch kubogida ishtirok etadi.
Ta’kidlash kerakki, musobaqada shuningdek Rossiyaning yana 2 ta jamoasi – “Lokomotiv” hamda “Spartak” ham bor. Shuningdek Serbiyaning “Partizan” jamoasi ham o‘z kuchini sinab ko‘radi.
1 fevral
14:00 «Lokomotiv» – «Partizan»
18:00 «Spartak» – «Rostov»
4 fevral
18:00 «Partizan» – «Rostov»
5 fevral
18:00 «Spartak» – «Lokomotiv»
8 fevral
14:00 «Spartak» – «Partizan»
9 fevral
18:00 «Rostov» – «Lokomotiv»
Eslatib o‘tamiz, "Rostov" ayni damda Rossiya premer-ligasida 3-o‘rinda bormoqda. Rostovliklar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa to‘purarlar poygasida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar