
Shomurodovsiz ham eplashdi! Mourino yana nimalar dedi?
“Roma” Konferentsiyalar ligasi chorak final javob uchrashuvida “Budyo-Glimt” darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Shu orqali Joze Mourino norvegiyaliklar bilan to‘rtinchi to‘qnashuvda bu jamoani enga olmayotgani uchun o‘ziga yog‘dirilayotgan tanqidlarga javob berganday bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, rimliklar shu turnir doirasidagi avvalgi uchta uchrashuvda raqib maydonida 1:6, 1:2 hisobida engilib, “Olimpiko”da 2:2 hisobida durang qayd etgandi.
Rimliklar uchun juda muhim bo‘lgan bu uchrashuvda Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi va tarixiy bahsda qatnashmadi. Uchrashuv qahramoni xet-trik qayd etib, g‘alabaga tamal toshini qo‘ygan Nikolo Dzanolo bo‘ldi. Shuningdek, Temmi Abraxam ham o‘z hisobiga bitta to‘p yozdirib qo‘ydi – 4:0.
To‘rtinchi bahsdan keyin “Roma” ustozi Joze Mourino o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Maqsadimiz Norvegiyada uchralgan alamli mag‘lubiyatdan keyin ularni er bilan bitta qilish emasdi. Biz shunchaki yarim finalga chiqishni istagandi. Birinchi bashdagi mag‘lubiyatdan keyin ham biz doim ulardan kuchliroq bo‘lganimizni his qilganman. Aslida bu raqibni mag‘lub etishni to‘rtinchi urinishgacha olib bormaslik kerak edi, biroq bunisi juda muhim g‘alaba bo‘ldi.
Biz juda samarali o‘ynadik va pressingni yuqori darajada amalga oshirdik. Menimcha, 2Roma” sizlar aytayotgandan ancha yaxshi o‘ynayapti. Biz Konferentsiyalar ligasida 12 ta uchrashuv o‘tkazdi. Payshanba kuni maydonga chiqqanimizdan keyin yana dam olish kunlari o‘ynash oson bo‘layotgani yo‘q. Lekin biz xalqaro maydonda Italiya sharafini himoya qilayotgan yagona jamoamiz, - dedi Joze Mourino.
Biz bilgandik!
“Budyo-Glshimt”ga qarshi o‘tkazilgan to‘rtinchi uchrashuvga kelib, ilk bor o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Ruy Patrisio o‘yinga munosabat bildirdi.
- O‘z kuchimizga ishonch bor edi. Ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Jamoa yuqori darajadagni taktik saviyasini namoyish qila oldi. Stadionga kelgan ko‘psonli muxlislarimiz haqida o‘yladik. Biz ular uchun chiroyli g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik. Maqsadimiz – sovrinlarni qo‘lga kiritish.
Bo‘lajak raqibimiz – “Lester” juda kuchli jamoa. Ular Evrokuboklarda ishtirok etish hadisini olgan. Lekin biz ham muhim uchrashuvlarda o‘ynashni bilamiz. Stadionimizda bizlarni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishadi, - dedi Ruy Patrisio.
Ruy Patrisio o‘tgan yozda “Vulverxempton”dan 11,8 million evro evaziga transfer qilingan edi. Rim klubiga kelganidan beri 45 ta uchrashuvda darvozani qo‘riqlab, 52 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Portugaliyalik posbon 18 ta bellashuvda darvozasi daxlsizdligini saqlab qolgan.
Hech qanday shubham yo‘q edi
“Roma” sardori Lorentso Pellegrini jamoasi birinchi bahsdagi mag‘lubiyatga qaramay, “Budyo-Glimt” to‘sig‘idan o‘tib, Konferentsiyalar ligasining yarim finalga chiqishiga hech qanday shubhasi bo‘lmaganini ma’lum qildi.
- Biz hali ko‘p narsalarni kuchaytirishimiz kerak. Lekin bu jamoa kerakli paytda o‘z darajasidan yuqori tarzda o‘ynay olmaydi, degani emas. Men juda xursandman va mamnunman. Muvaffaqiyatimizga zarracha shubham qilmaganman. Oson bo‘lmasligini bilsamda, hammasi biz uchun yaxshi tugashingi bilardim, - dedi Lorentso Pellegrini.
Italiyalik yarim himoyachi bu mavsumda 32 ta uchrashuvda 12 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi. Shu gollardan to‘rttasini Konferentsiyalar ligasi doirasida kiritdi. Turnirda jamoadoshlariga ikkita golli pas oshirdi.
“Roma” Konferentsiyalar ligasining finaliga chiqish uchun Angliya premer-ligasi vakili – “Lester” bilan kuch sinashadi.
“Roma”: Shomurodov o‘rnini 38 ta o‘yinda 38 ta gol urgan hujumchi bosadi!
Mourinoni endi tushunib etdim!
Shomurodov gol urolmagan o‘yindan so‘ng Mourino nega uzr so‘radi?
Shomurodovni kutyapmiz!
“Roma”: Bu futbolchi endi o‘ynamaydi! Mourino kim haqida gapirdi?
“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!
Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor
Fikrlar