
"Sho‘rtan" — Viloyat Hokimi Kubogi sohibi
Bugun Qarshi Davlat Universiteti sun’iy qoplamali maydonida "Sho‘rtan" klubi "Hokim Kubogi” finalida yana bir G‘uzor jamoasi “ShGKM” bilan bellashdi. Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvda g‘oliblar qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlandi.
Dastlab 3-o‘rin uchun kurashishga kirishgan “Yunired” va “Mikrokreditbank” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda toshkentliklar 2:4 hisobida g‘alaba qozonishdi va musobaqaning 3-o‘rinini egallashdi.
Bosh sovrin uchun "Sho‘rtan" G‘uzorning yana bir jamoasi ShGKM bilan bellashdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda dastlab vakillarimiz hisob ochishdi. 55-daqiqada Muhriddin Zoirov hisobni ochdi — 1:0. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, 63-daqiqada Faxriddin Norpo‘latov hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob o‘zgarmadi. G‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlandi. 97-daqiqada Bekzod Suvonov g‘alaba to‘pini kiritdi.
Bu musobaqa yangi futbol mavsumi starti oldidan jamoamiz uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Taqdirlash marosimida “Sho‘rtan” professional futbol klubi bosh menedjeri Shamil Yarulin, “Nasaf” futbol klubining bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev hamda Qashqadaryo viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuhrat Egamberdiev ishtirok etdi.
Musobaqa so‘nggida jamoaga Qashqadaryo Viloyati Hokimi Kubogi hamda musobaqani o‘tkazishda yordam berganligi uchun “Sho‘rtan” futbol klubining bosh menejeri Shamil Yarulin maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan topshirildi.
“Sho‘rtan” — ShGKM 2:1
Gollar: M. Zoirov 55ʼ, B. Suvonov 97ʼ, — F. Norpo‘latov 63ʼ
Bosh hakam: Komiljon Rasulov.
Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Laziz Abduraupov.
Zaxira hakami: Elnur Doniyorov
“Sho‘rtan”: 25. Sherzod Abduraimov, 3. Hojiakbar Yunusov, 19. Mirzohid Mirzamahmudov, 21. Azamat Abduraimov, 97. Jamshid Qobulov, 30. Jasur Umarov, 27. Abror Sarimsoqov, 76, Sardor Telyakov, 7. Bekzod Suvonov, 17. Javohir Hasanov, 10. Muhriddin Zoirov.
Zaxira: 1. Amir Lutfullaev, 71. Suhrob Eshboev, 5. Jahon Husanov, 9. Jahon Safarov, 6. Shahboz Nuriddinov, 20. Bobur Davlatov, 8. Zafar Polvonov, 11. Asadbek Samariddinov.
ShGKM: 1. Asadullo Polvonov, 5. Axror Hamraev, 18. Sanjar To‘raqulov, 4. Shahzod Abduvaitov, 6. Elbek Otaqulov, 15. Fahriddin Norpo‘latov, 77. Asliddin Lutfulloev, 23. Farhod Namozov, 10. Elnur Joriyaqulov, 7. Anvar Shomurodov, 11. Sayfullo Shodmonov.
Zaxira: 12. Furqat Ravshanov, 13. Behruz Sobirov, 8. Baxtiyor Bo‘riev, 3. Bunyod Ismoilov, 17. Alibek Davlatov, 2. Otabek Xudoyberdiev, 14. Sherali Jo‘raev, 20. Mavlon Abdullaev.
Manba: “Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati
Fikrlar