Shota Arveladze: Bizni jiddiy raqib bilan qiyin o‘yin kutmoqda

  • 08.04.2019 14:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida “Paxtakor” Toshkentda Qatarning “Al Sadd” klubini qabul qiladi.

Bugun har ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Hususan, "sherlar" ustozi Shota Arveladze Qatar chempioniga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bizni jiddiy raqib bilan qiyin o‘yin kutib turibdi. Ularning Chempionlar ligasidagi tarixi va natijalarini bilamiz. Ertaga ajoyib futbol muhiti kutmoqdamiz. Biz g‘alaba qozonib, guruhdagi holatimizni yaxshilab olishni istaymiz. Kurashni oxirigacha davom ettirmoqchimiz", - deydi gruziyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Al Sadd” uchrashuvi ertaga soat 19:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!