Shota Arveladze O‘zbekistondagi faoliyati haqida Gollandiyaning mashhur nashrlaridan biriga intervyu berdi

  • 11 aprel, 2020, 12:38
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Quyida ushbu nashr vakili Gus Xeterssheyd havola etgan suhbat bilan o‘zbek tilida tanishib chiqishingiz mumkin:

Tecno

«Shota «Shoutaym» Arveladzening murabbiylik faoliyati qanday ketyapti? Biz u bilan telefon orqali bog‘lanib O‘zbekiston va Kroyf haqida suhbatlashdik.

Men Shota Arveladzeni 1990-2000 yillar oralig‘ida «Ayaks» va «AZ Alkmar» safida sermahsul o‘yin namoyish etgan to‘purar sifatida eslab qolganman. Aynan mana shu jihat tufayli unga amsterdamlik muxlislar «Shoutaym» deb laqab qo‘yishgandi. U qanday gol urishni bilar edi, ammo u ko‘rinishidan qo‘rqinchli hujumchilarga o‘xshamasdi. U buxgalterlarga o‘xshardi, «Ayaks»dagi jamoadoshlari uni Mister Bin deb chaqirishgan. Arveladzening faoliyatini tugatganiga ancha bo‘ldi. U hozir O‘zbekistonning top jamoasi «Paxtakor»da murabbiylik qilmoqda. Men uning nimalar bilan mashg‘ulligini bilishga qiziqdim. So‘nggi mavsumda u O‘zbekiston miqyosidagi barcha 3 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Men Shotaga qo‘ng‘iroq qilganimda u kresloda bir yarim soatdan buyon ovqatlanish bilan bandligiga guvoh bo‘ldim. Arveladze suhbat davomida koronavirus davridagi hayot, «Paxtakor»dagi faoliyati, o‘zbek madaniyati va Kroyf bilan o‘limi oldidan uchrashgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shota

 

 - Salom Shota, noodatiy hayot tarzini siz va sizning oilangiz qanday boshidan kechirmoqda?

 - Men ikki karra havotirdaman. Chunki menda astma kasalligi mavjud. Yaxshiyam oilam men bilan, ular menga yaxshi qarashmoqda. Biz barchamiz Istanbuldamiz. «Kasimpasha»da faoliyat olib borgan davrimda bu erdan uy sotib olgandim. Bu erga xususiy samolyot orqali keldim. Barcha reyslar to‘xtatib qo‘yilgan.

 - Kunlarni qanday o‘tkazmoqdasiz?

 - Kitob o‘qish, do‘stlarimga qo‘ng‘iroq qilish asosiy mashg‘ulotlarimga aylangan. Oilam bilan ko‘plab filmlarni ko‘rib chiqdik. Ba’zida Instagramga kirib, do‘stlarimning postlarini va o‘tmishdagi o‘yinlardan videolarni tomosha qilaman. Bu juda maroqli. Haqiqiy nostaldji. Ammo barchasini normal qabul qilish doim ham oson emas. Do‘stlar bilan qahva ichish, restoranlarga borish, futbol maydonida bo‘lish va yugurishga chiqishni sog‘indim. Bu virus og‘ir asoratlar bilan ketadiganga o‘xshaydi. Yaxshi tarafini ham ko‘ra bilish lozim. Tabiat yangilanmoqda. Men yana ushbu krizis vaqtini piyoda yurishga chorlov sifatida qabul qilmoqdaman. Biz ayniqsa hozir bir-birimizni qo‘llashimiz va g‘amxo‘rlik qilishimiz lozim. Biz ancha xudbin bo‘lib qolgan edik. Axir hayot faqat pul to‘plash va ijtimoiy tarmoqda layk yig‘ish maydonchasi emas. Endi barcha o‘z suyuklilari bilan uyda. Endi bir-birimizga etarlicha vaqt ajrata olamiz.

 - Egizagingiz Archil ham Istanbuldami?

 - Yo‘q, u oilasi bilan Gruziyada. Odatda, biz ajralmaymiz. Archil «Paxtakor»da ham menga yordam beradi. Futbolchilar bizni bemalol ajratib olishadi: u mendan qattiqqo‘lroq. Ikkalamiz maktabda bizni adashtirib qo‘yishlari uchun harakat qilardik. Hozir Archilning sochlari menikidan oqroq.

 - «Ayaks»da ko‘p yil faoliyat olib borgan Piter Xyustra va Lashlo Jamborlar «Paxtakor»da sizga ko‘maklashishmoqda. Ushbu hamkorlik haaqida nima deya olasiz?

 - Juda ajoyib. Men Piterni agent Gvido Albers orqali uchratganman. Stol tennisi o‘ynaydigan paytimizni inobatga olmasa, biz juda yaqin do‘stlarmiz. Lashlo bilan esa «Ayaks»da tanishganman. U Lyui van Gal qo‘lida fitnes murabbiyi bo‘lib ishlardi. Piter, Lashlo va Archil men nimani buyursam barini bajaradigan yordamchilar emas. Ular o‘zlari mustaqil tarzda ish olib borishadi. Men nimanidir noto‘g‘ri bajargan taqdirimda ular doim menga yordam berishga tayyor. Piter va Lashlo hali ham Toshkentda bo‘lib turishibdi. Ular Niderlandiyaga uchishlari kerak edi. Ammo Toshkentdan to‘g‘ridan to‘g‘ri reys u erga bormaydi. Yoki Moskva, yoki Istanbul orqali ketishga to‘g‘ri keladi. Afsuski, ikkala davlat ham har qanday parvozlarni to‘xtatib qo‘ygan. Men har kuni ularga qo‘ng‘iroq qilaman. Do‘stlarim hozir jamoa bilan onlayn mashg‘ulotlarni olib borishyapti.

Shota Gol

 - Yaqinlashib kelayotgan yozda «Paxtakor» murabbiyi bo‘lganingizga 3 yil to‘ladi. Karantingacha bo‘lgan faoliyatingiz qanday o‘tayotgan edi?

 - Barchasi ajoyib. Biz jamoaga 2017 yili kelganmiz. Bu payt jamoa ligada 13 pog‘onada borardi. Men Evropadan tashqaridagi faoliyatga azaldan qiziqib yurardim. Bundan tashqari, «Paxtakor» haqida ham oz-moz ma’lumotga ega edim. Uzoq yillar avval «Dinamo» Tbilisi safida «Paxtakor»ga qarshi o‘ynaganman. Klub bir necha yillar mobaynida ancha kuchsizlashgan. Ammo «Paxtakor» barcha davrlardagi O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi. Ro‘yxatda bizdan keyin «Neftchi» turadi. Ular ikki yil avval quyi ligaga tushib ketishdi. Eshitishimcha, ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahslar o‘tmishda juda murosasiz kechgan. O‘tgan mavsumda biz Superliga, kubok va liga kubogida zafar quchdik. Bu g‘alaba biz uchun juda muhim edi. Sababi, bundan roppa-rosa 40 yil avval afsonaviy «Paxtakor» jamoasi aviahalokatga uchragan. «Dinamo» Minskka qarshi o‘ynab qaytayotgan 179 nafar ekipaj a’zolari halok bo‘lishgan. Ularning xotirasi uchun g‘alaba qozonish ishtiyoqi bizni olg‘a boshladi.

 - Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov O‘zbekiston farzandi ekanini eshitganman. U «Paxtakor»ning asosiy homiysi ekan. G‘alabalaringizda buning o‘rni qanchalik?

 - Mashg‘ulot kompleksi va stadion yangidan qurilish arafasida. Ammo bu uning yordami bilan top-legionerlarni jalb qilishimiz mumkin degani emas. Ha, Eren Derdiyok Evropada ancha mashhur. Biroq, maydonda sizga pullaringiz yordam berolmaydi.

 - Bir gal Yoxan Kroyf shunga o‘xshash gap aytgandi, to‘g‘rimi?

 - U, bir sumka pul gol urganini hech qachon ko‘rmaganman, degan edi. Bu juda to‘g‘ri gap. Nima bo‘lgan taqdirda ham biz homiy yordamida klub bazasini anchayin yangilab oldik. Tibbiyot hodimlari soni va sifati jamoamizda sezilarli darajada ortdi. Oldin futbolchilar jarohat olishsa uylarida o‘tirishgan. Hozirda esa ular mutaxassislar bila nish olib borishadi. Yoshlar bazasi ham takomillashtirildi. Biz o‘zimiz ko‘rib o‘rgangan Evropa uslubini bu erda hm tatbiq etishga urinmoqdamiz. Umuman, biz «Paxtakor»ga barcha jabhalarda yordam berishni maqsad qilganmiz.

Shota van Gal

 - Toshkentda yashash ajoyib bo‘lsa kerak?

 - Toshkent zamonaviy, biznes shahar. Shu bilan birga juda tinch joy. Jinoyatchilik holatlari haqida kamdan-kam hollarda eshitaman. Shahar daraxtlar bilan to‘la. Haqiqiy tabiat lazzatini tuyasiz. Ba’zida harorat 50 gradusgacha ko‘tarilib ketadi. Niderlandiyada ko‘pchilik O‘zbekistonni yaxshi bilmasliklari mumkin. Sovet hukmronligi davrida Toshkent «O‘rta Osiyo darvozasi» hisoblangan. Shuningdek, «Buyuk ipak yo‘li»ning eng markazida ham aynan Toshkent turgan. O‘zbekiston arxitekturasi dunyoda mashhur. Bilasizmi, Hindistondagi «Toj Mahal» ham o‘zbeklar tomonidan bunyod etilgan. Samarqand va Buxoro shaharlari turistlar bilan gavjum. Bular mingyillik shaharlar. Karantindan so‘ng siz albatta O‘zbekistonga kelishingiz kerak.

 - Men buni oilam bilan muhokama qilaman, chog‘i. Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistonni futbol mamlakati desa bo‘ladimi?

 - Hozir O‘zbekistonda futbolga bo‘lgan qiziqish o‘zining eng cho‘qqisiga chiqqan. Mamlakat stadionlarida so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlarni amalga oshirildi. Avvallari, maydon talabga javob bermaganligi sabab jamoalar o‘yinlarni mehmonda o‘tkazishga ham majbur bo‘lishar edi. Ba’zan kunning qoq yarmida bahs olib borishga majbur bo‘lardik. Sababi, yoritish tizimi ko‘plab jamoalarda ko‘ngildagidek emasdi. Hozir deyarli barcha bellashuvlar kechqurun bo‘lib o‘tadi. Top jamoalarning 30000 dan ziyod muxlislari bor. Xalqaro futbolga qiziqish O‘zbekistonda yuqori. «El-klassiko» bo‘ladigan paytlar shaharda hayot to‘xtaydi.

 - Bundan avval siz Xordi Kroyf direktorlik qiladigan «Makkabi» Tel Aviv klubida ishlagansiz. Kroyf bilan munosabatingiz qanday edi?

 - Bu davr menga ulkan tajriba maktabi vazifasini o‘tagan. Biz birgalikda 6 oy ishlaganmiz.Men jamoaga Piter Bosh o‘rniga kelgandim. Yodimda, biz Evropa Ligasida «AZ»ni ham mag‘lub etgandik. Natijalar yomonlashgach jamoadan ketishga majbur bo‘lganman. Shundan so‘ng, Xordi bilan boshqa aloqa qilmadik. Otasining o‘limi munosabati bilan unga ta’ziyamni telefon orqali xabar tarzida jo‘natdim. Bir necha oy oldin men «Barselona» ofisida Yoxan bilan o‘tirgandim.

 - Nima sababdan u bilan uchrashgansiz?

 - Yoxan doim meni ruhlantirib turgan. Bir gal «Ayaks»ning o‘yinidan so‘ng yaqin do‘stim Syak Suartni uchratib qoldim. Undan Kroyf bilan qanday bog‘lanishim mumkinligini so‘radim. Men u bilan futbol falsafasi, Gruziyadagi nochor bolalar uchun futbol maktabi barpo qilish masalalari bo‘yicha suhbatlashmoqchi edim. Do‘stim menga uning uy telefon raqamini berdi. Sababi, uning mobil telefoni yo‘q edi. Qo‘ng‘iroq qilar ekanman qo‘llarim terlardi. Yoxan chin ko‘ngildan uchrashishni taklif etdi. Men Barselonaga uchdim. Biz 6 soatlar chamasi suhbatlashdik

 - Nimalar haqida suhbatlashgansiz?

 - Futbol va hayot to‘g‘risida. Biz ovqatlanishni ham unutib qo‘ygandik. So‘ng ikkimiz sun’iy maydonchaga chiqdik. Sun’iy maydon haqiqiy futbol zavqini berolmasligini aytganimda u ham fikrimga qo‘shildi. Uning o‘limidan so‘ng Yoxanning surati ustida quyidagi so‘zlarga guvoh bo‘ldim: «Osmon jamoasining endi ajoyib pleymeykeri bor». Ajoyib o‘xshatish. U murakkabdek ko‘ringan muammolarga nisbatan, g‘oyat oddiy echimni taklif etardi. Aminmanki, u koronavirusdan qanday xalos bo‘lish haqida ham hech kimnikiga o‘xshamaydigan taklifni bera olgan bo‘lardi. Men bu quvnoq insonning so‘zlari va kulgulari salmog‘ini hanuz hiss qilib turaman.

- Mazmunli suhbat uchun rahmat, Shota. Faoliyatingizda omad tilayman.

 - Rahmat. Sizga ham omad yor bo‘lsin.

 

Abdulvosid VALIXONOV tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин Ш.И
11/04/2020 18:29
Мухлислар борасидаги фикрингиз очиг'и сал уятли чикибди.
Зинхор ва зинхор таклиф килаётган мехмонларингизни Тошкентга ташрифи Пахтакорнинг уй учрашувлари кунларидан бирига туг'ри келиб колмасин-да ишкилиб.
&
ахмад49
11/04/2020 13:05
Навбахорни хакамлар ёрдами билан ютганингни нега голландия нашрига айтмадинг.
&
ахмад49
11/04/2020 13:05
Навбахорни хакамлар ёрдами билан ютганингни нега голландия нашрига айтмадинг.
&
Нодирбек жовлиев
11/04/2020 17:22
Шота сал бӯртирипти стадиён ва мухлислар борасида
Davron Jenjayev
11/04/2020 13:23
paxtakorni man xam chempion qilardim shunde ekan xali xech narsa qilmadin kulub uchun shota
&
Rostgo'y
28/04/2020 11:16
Xa kroyf agar bu uyinlani stadionga kelip kuzatkanda shotani basharasiga tupurmasdi balki sanga tupurip tupurugimmi rasvo qilamami deb ketardi raxmatli kim nima desa desinshota man uchun bir tignlik xam xur ati yu kapeyka u man uchun
Sayfiyev Eldor
11/04/2020 22:46
Shota seni xurmat qilmasamda, yoxan kroff bilan suxbatlashgan busang malades. unda uning suzlari zoya ketibdi. xayot bo'lseydi qanaqqib chempion bulganini bilsa oyog'ingni urib sindirardi oldiga borganing uchun.